KAVERNA

KAVERNA (lotincha caverna — g’or, bo’shliq)— odam va hayvonlar ichki a’zolari (o’pka, jigar, buyrak, suyaklar) to’qimasining zararlanib, irishi natijasida hosil bo’lgan kovak (bo’shliq). Kaverna, ko’pincha, kavernali sil, yiringli yallig’lanish va hokazolarda paydo bo’lib, Patologik jarayon hamda turli asoratlarning avj olishiga olib keladi. Kavernaning diametri har xil; o’pkaning bir bo’lagini yoki butunlay hammasini egallab olishi mumkin.