KAVKAZ MINERAL SUVLARI

KAVKAZ MINERAL SUVLARI -Kavkaz tog’larining yon bag’irlari va RFning Stavropol o’lkasida joylash- gan balneologik kurortlar r-ni (1803 y. vujudga kelgan). Iqlimi mo»tadil tog’- dasht iqlimi. Havoning o’rtacha t-rasi 7,8° dan 8,6° gacha. Yillik yog’in 600 mm. Bu hududda turli-tuman va sersuv mineral buloq ko’p. Mashhur Pyatigorsk, Kislo- vodsk, Essentuki, Jeleznovodsk kurort- lari katta Kavkazning shim. tog’oldida va kisman Stavropol qirlariga tutash- gan platoda joylashgan. Plato ohaktosh, qumtosh va b. cho’kindi jinslardan tuzil- gan monoklindan iborat bo’lib, uni mag- malar yorib chiqqan. Magmalar gumbazsi- mon tog’ (lakkolit)lar — Beshtov, moshiq, Temirtov va b. ni hosil qilgan. Tog’tiz- malarida paleozoy tokembriyning meta- morflashgan slaneslari ochilib qolgan. Cho’kindi jinslar yirik artezian suvli yon bag’irni hosil qilgan. Suv, asosan, eng qad. metamorfik jinslarning er yuzasi- ga chiqib qolgan joylarida to’plangan. Asosiy suvli qatlamlar — titan-va- lanjin, aptalb, yuqori bo’r, kisman yura va paleogen yotqiziqlariga mansub. Mineral suvlar mezokaynozoy cho’kindi hosilalarining ancha chuqurlikda yotuv- chi bo’laklarga ajralgan zonalarida va tektonik buzilishlar hamda intruziya- larning cho’kindi jinslar b-n tutashgan joylarida to’plangan. Bular ion tarki- bining minerallashuvi va t-rasi turli- cha bo’lgan karbonat angidridli, kamroq hollarda vodorod sulfidli va radonli suvlardir. Bulardan tashqari, mineral tarkibi turli-tuman bo’lgan buloq ham ko’p. Narzan tipli buloqlar Kislovodsk, Elbrus tog’i yon bag’ri, tog’li Osetiya va b., azotli, gidrokarbonatli buloqlar Olga, Gelenjik, Novorossiyskda, kar- bonatli nordon suvlar Borjomi, dili- jon, Jermuk, Issiqsuv, Julfa, Arznida joylashgan. Barcha kurortlar uchun shifo — baxsh balchiq Tambukan ko’lidan olinadi. Mineral suvlar yordamida tayanch va harakat, ovqat hazm qilish organlari, qon aylanish, yurak-tomir va nerv siste- masi, teri, jigar, nafas olish, siydik chiqarish, o’t yo’llari, ginekologik hamda modda almashinuvi buzilish kasallikla- ri davolanadi.