Kavshar

Kavshar — kavsharlash jarayonida biriktiriladigan detallar orasini (tirqishni) to’ldiruvchi metall yoki qotishma; erish temperaturasi biriktiriladigan materiallarning erish temperaturasidan past bo’ladi. Kavsharning eng keng tarqalgan asosiy komponentlari qalay, rux, mis, qo’rg’oshin, titan, kumush. Kavshar erish temperaturasi bo’yicha alohida yengil eruvchan (t sh< 145°), yengil eruvchan (145<1erish<450°), o’rtacha eruvchan (450<t sh< 1 850°), yuqori eruvchan (1100 <^»r»sh< 1100°), qiyin eruvchan (1erish< 1850°) turlarga bo’linadi. Juda yengil va yengil eruvchan Kavshar, asosan, qalay va qo’rg’oshin qotishmalaridan, o’rtacha va yuqori eruvchan Kavshar mis — pyx va kumush qotishmalardan tayyorlanadi. Eritiladigan metall zarralar va kavsharlash vaqtida erimaydigan to’ldirgichlardan iborat bo’lgan Kavsharga metallokeramik Kavshar, flyus hosil qiluvchi elementlar bilan Legirlanadiganini o’zi flyuslanadigan Kavshar deyiladi.