KAXETI

KAXETI, Kaxetiya — Sharqiy Gruziyadagi tarixiy viloyat. Iori va Alazani daryolarining yuqori oqimida joylashgan. 8-asrgacha Kartli podsholigi tarkibida, so’ng mustaqil knyazlik. 12-asrdan Gruziya podsholigiga qo’shib olingan. 15-asrning 2-yarmidan Kaxeti podsholigi. 1762 yildan Kartli-Kaxeti podsholigi, 1801 yildan esa Rossiya imperiyasi tarkibida.