KAYFIN
KAYFIN — Xitoydagi shahar. Buyuk Xitoy tekisligida, Xuanxe Daryosining Janub sohili yaqinida. Xenan Provintsiyasi tarkibida. Aholisi 700 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik, kimyo, to’qimachilik (ip gazlama), oziq-ovqat sanoati korxonalari, oliy o’quv yurtlari bor. Xitoyning qadimgi shaharlaridan biri; 960-1127 yillarda mamlakat poytaxti bo’lgan. Shahar tarhi to’rtburchak shaklda bulib, 4 darvozali qal’a devori b-n uralgan. Me’moriy yodgorliklaridan saroy (12-asr), shuningdek, Teta pagodasi («temir pagoda», 1041) qoldiqlari saqlangan.