KAYLAJA

KAYLAJA — qadimgi hajm o’lchov birligi; ishlatilish davri va joyiga qarab qiymati har xil bo’lishiga qaramasdan, 10-asrdan Eronda, O’rta Osiyoning ba’zi joylari va boshqa mamlakatlarda qo’llanilgan. 1 Kaylaja 1,875 kilogramm bug’doyga yoki 2,5 l ga teng bo’lgan. Sharqiy Eronda 1 Kaylaja 1523,4 gramm bug’doyga yoki 2 l ga, Ozarbayjonda 1 Kaylaja 1,354 kilogramm bug’doyga yoki 1,75 l ga, Falastinda 1 Kaylaja 6,3 l ga teng bo’lgan. Abu Ali ibn Sinoning ma’lumotiga ko’ra, 1 Kaylaja 1275 gramm narsa sig’adigan o’lchov idishi bo’lgan, agar shu narsani bug’doy deyilsa, u holda 1 Kaylajaning hajmi taxminan 1,65 n — 1,75 l ga to’g’ri keladi.