KAYNOTIP TOG’ JINSLARI

KAYNOTIP TOG’ JINSLARI (Yun. kainos — yangi va typos — shakl, tur) yoshidan qat’i nazar ikkilamchi jarayon- lar ta’sirida o’zgarishga uchramagan yoki juda kam uchragan effuziv va intruziv magmatik tog’jinslari. Islandiyaning uchlamchi davrga mansub ancha yosh bazalt- lari va doleritlari (16 mln. Yildan kam) ko’p hollarda xloritlashgan va kad., paleotip ko’rinishiga ega. 19-a.ning 2-yarmigacha geol.da dastlabki shaklida saqlangan jins, albatta yosh, o’zgargani esa qad. degan fikr mavjud bo’lgan. Le- kin, keyinroq, yosh jins ham tektonik (ka- taklaz, milonitizasiya) va gidrotermal ta’sir natijasida dastlabki shaklini yuqotishi mumkinligi aniqlangan (nor- vegiyalik petrograf V. K. Breger, Rossiya- lik petrograf F.Yu.Levinson-Lessing). K.t.j. terminini zamonaviy izoxlashda uning yoshi hisobga olinmaydi. K.t.j. kuchli o’zgarishga uchragan va shuning uchun «qadimgi»ga o’xshab ko’ringan paleotip tog’jinslarita qarama-qarshi qo’yiladi.