KEBNEKAYSE

KEBNEKAYSE — shimoliy Skandinaviya tog’laridagi cho’qqi, Shvesiya hududining eng baland joyi (2123 metr). Gabbro, kvarsli sienitlardan tuzilgan. Bir nechta alohida ajralgan muzliklar bor. Muzlik va baland tog’larni o’rganuvchi ilmiy stansiya ishlab turibdi.