Kedr

Kedr (Cedrus) — qarag’aydoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxtlar turkumi. Bo’yi 30-50 m gacha, tanasi- ning diametri 40-50 sm gacha (ba’zan 1,5 m gacha) boradi, 4 turi — Livan K.i (Kichik Osiyo tog’larida), kalta ignabarg- li K. (Kipr orolida), Atlas K.i (shim. Afrikada) va Himolay K.i (Markaziy Osiyoda) bor. Yog’ochi qizg’ish yoki sarg’ish, xushbo’y. Suv inshootlari qurishda va me- belchilikda ishlatiladi. Kavkaz, Qrim va O’rta Osiyoning Jan. qismida Livan, Atlas va Himolay K.lari o’stiriladi. Atlas K.ining ignabargi qisqa — 2,5 sm cha, qubbasi tsilindrsimon, tuxumsimon (5-7 sm). Himolay K.ining ignabargi ingichka (uz. 2,5—5 sm), qubbasi tuxumsi- mon (7-10 sm). Livan K.ining ignabar- gi 15-35 mm, qubbasi bochkasimon (8— 10 sm). K. yong’og’idan yog’, yog’och qismining shirasidan skipidar olinadi. Ignabar- glaridan lavshaga qarshi kontsentrat tay- yorlanadi.