KEGEYLI TUMANI

KEGEYLI TUMANI — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi tu- man. 1928 y. 3 sent.da Chimboy tumani- dan ajratib tashkil etilgan. Chimboy, Nukus, Qorao’zak, Bo’zatov tumanlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,94 ming km2. Aholisi 58,2 ming kishi (2000). K.t.da 1 shahar (Xalq-obod), 1 shaharcha (Kegey- li) va 6 ovul fuqarolari yig’ini (Abat, Janabozor, Jalpaqjap, Kumshunko’l, Oqto’ba, Qiziluy) bor (1998). Markazi — Kegeyli shaharchasi. Kegeyli atamasi- ning kelib chiqishini tuman va Kegeyli shaharchasi hududidan oqib o’tadigan Ke- Geyli kanali nomi b-n bog’laydilar. Bu kanalning ikki tomoni kegay daraxtla- ri, turang’illar b-n burkanib turganligi uchun u Kegeyli nomini olgan deyiladi. Ushbu nom keyinchalik shaharcha va tuman nomiga aylangan. Tabiati. K.t. quyi Amudaryoning o’ng sohilidagi pasttekislikda joylash- gan. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Iyulning o’rtacha t-rasi 26,9°, yanv.niki -6,7°. Vegeta- tsiya davri 188 kun. Tumanning g’arbiy qismida, asosan, dehqonchilik qilinadi, Jan.-sharqida, ya’ni Qizilqumda chorva- chilik rivojlangan. K.t. shim. Qismida joylashgan Dovudko’ldan suv ombo- ri sifatida foydalaniladi. Tuman hududidan Quvanishjarma kanali oqib o’tadi. Oqto’ba, Besquduq, Sassiqshiyel, Qoraoy ko’llari bor. Tuprog’i o’tloq, o’tloqi-botqoq o’zlashtirilmagan tuproq. Dovudko’l atrofi yaxshi pichanzor va o’tloq. Ekin ekilmaydigan erlarda turang’il, qamish, chiy, buyon, qo’g’a, yantoq, ajriq, korabarok, yulg’un, tol, jiyda, mayda jiyda va b. o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, chiyabo’ri, tulki, bo’rsiq, quyon; qushlardan qirg’ovul, birqozon, chag’alay (Chayka), g’oz, o’rdaklar uchraydi. Ko’llarda oynabaliq, zog’orabaliq, cho’rtan, Bakra, so’zan, laqqa, Oqbaliq, olabug’a, oq-Amur, ilonbaliq, tabanbaliqlar bor. Aholisining aksari qismi qoraqalpoklar, shuningdek, o’zbek, qozoq, tatar, koreys, rus va b. millat vakilla- ri ham yashaydi. 1 km2 ga 62 kishi to’g’ri keladi. Shahar aholisi 33,8 ming kishi (2000). Xo’jaligi. Tuman xo’jaligi asosan, q. x.ga ixtisoslashgan. Qurilish, trans- port, aloqa va b. korxonalari bor. Shirkat xo’jaliklarida, asosan, paxta etishtiri- ladi, g’allachilik, bog’dorchilik, polizchi- lik, chorvachilik b-n ham shug’ullaniladi. 154 ga er Olmazor. 65 ga erga oq teraklar o’tqazilgan. Tumanda 90 dan ortiq kichik va xususiy korxona, «Xalqobod momig’i» paxta z-Di bor. 15,6 ming ga erga paxta, 1,7 ming ga erga beda, 2,5 ming ga erga kuzgi bug’doy ekiladi. Shuningdek, pilla ham etishtiriladi. K.t.da dehqon fermer, shirkat xo’jaliklari, 2 agrofirma bor. Tuman shirkat va shaxsiy xo’jaliklarida 18 mingga yaqin qoramol, 18 ming bosh qo’y, 10 bosh tuya boqiladi. Tumandagi jami 38 o’rta, 4 to’liqsiz o’rta va 4 tayanch maktabida qariyb 16 ming o’quvchi ta’lim olmoqda. Ularda 1900 ga yaqin o’qituvchi dars beradi. 2 kasb-hunar va 1 o’rta ta’lim liseyi, 3 o’rta bilim yurti mavjud. Shuningdek, 8 klub, 33 kutubxona, madaniyat saroyi, Markaziy kasalxona, 2 qishloq kasalxo- nasi, 33 feldsher-akusherlik punkta, kish-loq vrachlik ambulatoriyalari fao- liyat ko’rsatmoqda. Bu muassasalarda 103 shifokor, 551 o’rta tibbiy xodim ishla- mokda. 1952 y.dan «Kegeyli turmushi» gaz. nashr etilmoqda (adadi 1468).