Kekirik, kekirish

Kekirik, kekirish — me’dadan yoki qizilo’ngachdan og’iz orqali beixtiyor havo chiqishi. Me’daning o’n ikki barmoq ichakka o’tgan joyi (pilorus) torayib krlganda me’da, diafragma va krrin mu- skullari refleks yo’li b-n qisqarganda ro’y beradi. K. me’da, jigar, o’t pufagi va b. a’zolar kasalliklari, shuningdek, yurak-tomir sistemasi faoliyati Su- sayganda, nevroz va h.k.da kuzatiladi. Sog’lom odamlar shoshib ovqat eganida, mineral suv ichganida yoki quruq ovqat eganida ko’p havo yutilishi natijasida kekiradi. Bunday K.ning hidi ham, ta’- mi ham bo’lmaydi va birorta kasallik belgisi ham hisoblanmaydi. K. aksari- yat emadigan bolalarda ro’y beradi: bola emayotganida ortiqcha havo yutib yuboradi va keyin uni sut b-n oz-ozdan chiqaradi. Me’da shirasining kislotaliligi oshib ketganda K. nordon bo’ladi. Achchiq K. me’daga o’n ikki barmoq ichakdan safro tushganda kuzatiladi. Bemavrid kekira- verish biror kasallik alomati bo’lishi ham mumkin. Bunday hollarda K.ka sabab bo’lgan asosiy kasallik davolanadi.