Kelermes qo’rg’onlari

Kelermes qo’rg’onlari — qad. mozorqo’rg’onlar (mil.AV. 6-a.). Adigeya Respublikasi (RF) ning Giagin r-nidagi Kelermes stanisasi yaqinida joylash- gan. Nm.Veselovskip tomonidan qisman o’rganilgan (1903-04). Qo’rg’onlar ta- gidan ustunlarga o’rnatilgan yog’och chay- la shaklida usti yopilgan katta qabrlar topilgan. Qurbonlik qilingan otlar- ning skeleti (har bir qabrda 24 taga- cha), ularning hashamatli jabduqlari, dafn aravasining bezaklari, qurol-yarog’, tillaqoshlar va qadahlar, kumush riton va ko’zgular chiqqan. K.q. mahalliy meot qabilalari yoxud Old Osiyoga qilingan yurishdan so’ng shu erda qolgan skif- larning qabila zodagonlariga mansub bo’lgan.