Keles daryosi haqida eshitganmisiz?

Keles daryosi haqida eshitganmisiz? – Asosan, Qozog’iston SSR Chimkent oblasti va qisman O’zbekistonning Toshkent oblastidan oqib o’tadi; Sirdaryoning o’ng irmog’i. Ye. Koychubayev Keles gidronimini ikki qismdan keli (turkiy tilda “til” degan ma’noda) va s yoki su (fonetik o’zgarishga uchragan variant) komponentlaridan tuzilgan bo’lib, “til suv” yoki “tilga o’xshash daryo” ma’nosida deb izohlaydi. N.A.Baskakovning fikricha, gidronimning birinchi komponenti kele barcha turkiy tillardagi kabi qal’a ma’nosini bersa kerak, deb hisoblaydi. Toshkent oblastidagi Keles qishlog’ining nomi daryo nomi asosida vujudga kelgan.

Добавить комментарий