Kelimane
Kelimane — Mozambikning Sharqiy qismidagi shahar. Zambeziya provintsiyasining ma’muriy marka- zi. Aholisi 153,1 ming kishi (1997). Hind okeanining Mozambik qo’ltig’i sohilidagi port (chetga shakarqand, pax- ta, kopra, tamaki, choy chiqariladi). T. y. stantsiyasi. Aeroport bor. Oziq-ovqat, to’qimachilik, yog’ochsozlik va metallsoz- lik korxonalari mavjud. Vasko da Gama ekspedisiyasi tomonidan 1498 y.da hoz. K. o’rnida Fort qurilgan (1761 y.dan shahar maqomini olgan). 18-19-a.lar- da K. qul savdosi markazlaridan biri bo’lgan.