Kelt tillari
Kelt tillari — Hind-Yevropa tillari oilasiga mansub tillar guruhi. Hozirgi Kelt tillari Britt (villiy va Breton tillari) va goydel yoki gel (irland, gel va men) tillariga ajraladi. Gall, kelt va korn tillari iste’moldan chiqib ketgan. Hozirgi Kelt tillarida tovushlarning turli Kombinatsiya o’zgarishlari mavjud. Urg’u kuchli. Ayrim so’z birikmalari tarkibidagi bitta komponent fonetik o’zgarishlar va urg’u tufayli morfema holiga kelib qolgan. Qadimgi Kelt tillari flektiv tillar qatoriga kirgan. Hozirgi Kelt tillari Grammatik qurilishi jihatidan analitik. Kelt tillarining ko’pchiligida gapdagi so’zlar tartibi qat’iy (ega-kesim — to’ldiruvchi).