Keltlar
Keltlar (gallar) — miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmida hozirgi Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya, Germaniyaning Janub qismi, Avstriya, shimoliy Italiya, shimoliy va G’arbiy Ispaniya, Britaniya orollari, Chexiya, qisman Vengriya va Bolgariya hududida yashagan qadimgi hind-Yevropa qabilalari. Yunonlar ularni galatlar, rimliklar esa gallar deb atashgan. Eng yiriklari: boylar, gelvetlar, belglar, sekvanlar, eduilar va boshqalar. Miloddan avvalgi 1-asrning o’rtalariga kelib rimliklar tomonidan bo’ysundirilgan.