Keltse

Keltse — Polshaning Janubiy qismidagi shahar. Keltse voevodaligining ma’muriy markazi. Aholisi 212,3 ming kishi (1999). Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, podshipniklar ishlab chiqarish va boshqalar) sanoati rivojlangan. Kurilish materiallari, kimyo, oziq-ovqat, oyna sanoati korxonalari bor. Me’moriy yodgorliklaridan sobor (12-19-asrlar), episkoplik saroyi (17-asr) saqlangan. Shaharga 12-asrda asos solingan.