Kembrij
Kembrij — Buyuk Britaniyadagi shahar. Kembrij grafligining ma’muriy markazi. London sh.dan shimolda, kem da- ryosi sohilida joylashgan. Aholisi 113 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). K. qadimdan un-t shaharlaridan biri (q. Kembrij universiteti) sifatida ma’- lum. Kitob nashr qilish va kitob savdosi markazlaridan. Mashinasozlik (ilmiy apparaturalar va priborlar, radio- elektronika), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. K. to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar qo’lyozmalarda 730 y.dan uchraydi. Me’moriy yodgorli- klaridan cherkov (12-a.), ingliz gotika- si uslubida qurilgan un-t kollejlari, jumladan, Qirollik kolleji kapellasi (15-16-a.lar), Triniti-kollej kutubxo- nasi (17-a), muzey va b. bor.