KEMBRIJ MAKTABI

KEMBRIJ MAKTABI (Angliya) — asosiy vakili Alfred Marshall (1842-1924). U “qiymatsiz baho” nazariyasi asoschisi. Bahoga “eng yuqori naf” va ishlab chiqarish chiqimlari ta’sir qiladi, degan fikrni ilgari surgan. Marksning “qiymatning mehnat nazariyasi’ ga qarshi. “Siyosiy iqtisod’ ni “Ekonomiks” bilan almashtirdi. Asosiy asari “Iqtisodiyot prinsiplari” (1890), 3 jilddan iborat, rus tiliga o’girilgan.