Kemerovo viloyati

Kemerovo viloyati — RFdagi viloyat. 1943 y. 26 yanv.da tashkil etilgan. Mayd. 95,5 ming km2. Aholisi 2987 ming kishi (2000), asosan, ruslar; shuningdek, ukrain, mordva, chuvash, gagar, shoriyali- klar ham yashaydi. Shaharliklar 87%. 19 tumanga bo’lingan, 19 shahar, 47 shaharcha bor. Markazi — Kemerovo sh. K.v.ning aksari qismi Sharqda kuz- nesk Olatovi, g’arbda Salair qoyasi b-n o’ralgan Kuznesk soyligi b-n band. VI- loyat Jan.da tog’li Shoriyaning o’rtacha balandlikdagi tog’lari bor. Foydali qazilmalari: toshko’mir, temir rudasi, polimetall, alyuminiy rudalari, oltin, mineral qurilish materiallari. Iqlimi keskin kontinental. Qishi uzoq, sovuq, yozi qisqa, iliq. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -18°, iyulniki 18°. Yiliga tekislikda 300-500 mm, tog’yon bag’irlarida 900 mm yog’in to’shadi. Asosiy daryolari: Tom, USA, Inya. Shim. qismida qoratuproq va kulrang tuproq, pastqamliklarda o’tloqi tuproq, tog’li r-nlarda tog’-o’rmon, tog’-o’tloqi, tog’-tundra tuproqlari tarqalgan. K.v. xo’jaligida ko’mir sa- noati, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, elektr energetikasi va kimyo sanoati etakchi o’rinda. Qora metallurgiyaning asosiy korxonalari — Kuznesk metallurgiya k-ti, G’arbiy Sibir metallurgiya z-Di, Novokuznesk ferroqotishmalar z-Di, Gurevsk metal- lurgiya va Kemerovo koks kimyosi z-dlari. mineral o’g’itlar, kaprolaktam, sintetik smola, plastmassa, kon qazish jihozlari va elektr texnikasi uskunalari, tsement, temir-beton konstruktsiyalar, shifer, olovbardosh materiallar, shisha ishlab chiqariladi. Viloyat q.x. g’alla (asosan, kuzgi bug’doy), kartoshka, sabzavot etish- tirishga, sut chorvachiligi, cho’chqachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan. Tog’li qismida go’sht chorvachiligi, asalarichi- lik va mo’ynali hayvonlarni ovlash b-n shug’ullaniladi. Asosiy transport turi — t.y. transporti.