KENAGAS KANALI

KENAGAS KANALI — Qoraqalpog’istondagi kanal. Amudaryoning chap qirg’og’ida. Taxiatosh shahridan 12 kilometr yuqoridan boshlanadi. 1937-38 yillarda qazilgan. Uzunligi 40 kilometr. 1961 yil bosh qismiga suvda qalqib turuvchi nasos stansiyasi qurildi. Kanal Xo’jayli tumanidagi ekin maydonlarini sug’oradi.