Kene (Quesnay) Fransua
Kene (Quesnay) Fransua (1694.4.6, Mer, Parij yaqinida — 1774.16.12, Ver- sal) — frantsuz iqtisodchisi, fizio- kratlar maktabi asoschisi. Tibbiyot D-ri (1744), qirol Lyudovik XV saroyida saroy vrachi bo’lgan. Tibbiyot va biol.ga oid asarlar yaratgan. 60 yoshida bevosita iqtisodiyot muammolari b-n shug’ullandi. K.ning don narxlari va soliqlarga bag’ishlangan dastlabki iqtisodiy maqolalari («fermerlar», «don», «Soliqlar») D.Didro entsiklopediyasida bosilib chiqqan. Bu maqolalarda u Fran- tsiya q.x. va Lyudovik XV iqtisodiy siyo- satining ziddiyatlarini ko’rsatib bera- Di hamda q.x. ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritish usullarini o’zgartirish g’oyasini olg’a suradi. U o’zining iqtisodiy dasturini keng umumlashti- rilgan tarzda «dehqonchilik davlati iqtisodiy siyosatining umumiy printsi- plari va ular to’g’risidagi mulohazalar» (1758) asarida bayon qiladi. Bu asari- da er boylikning yagona manbai degan o’zining asosiy g’oyasini asoslaydi. «XI- toy despotizmi» asarida xarajatlardan tashqari (chegirib) yaratilgan yangi boylik («sof mahsulot») to’g’risida fiziokratik ta’limotni yaratadi. «Savdo to’g’risida» asarida (1765 y.) merkantilizm maktabi qarashlarini tanqid qilib, boylikning savdoda, ayirboshlash jarayonida vujud- ga kelmasligini asoslaydi. K. 1758 y.da asosiy va eng muxim asari — «iqtisodiy jadval»ni chop etib, takror i.ch. nazariyasiga asos sol- Di. Ushbu jadvalda jamiyat 3 sinfga: er egalari (hech narsa yaratmaydigan sinf); mulkdor sanoatchilar; ishlab chiqaruvchi dehqon (fermer)lar sinfiga bo’linadi. Shuningdek, xalq xo’jaligi q.x.dan va bu soha mahsulotlarini qayta ishlay- digan sanoatdan iborat deb qaraladi, q.x.da yaratilgan maqsulot sanoatda qayta ishlanadi va ular jamiyatdagi sinflar o’rtasida qayta taqsimlanadi, iste’- mol qilinadi. «Sof mahsulot» faqat q.x.da yaratiladi va jamiyatdagi sinflar o’rtasida taqsimlanadi. Ushbu jadval- da birinchi marta Makroiqtisodiyot darajasida natural, tovar shaklidagi moddiy ne’matlar va pul daromadlari oqimi tahlil qilingan. K.ning yana bir xizmati iqtisodiy tahlilning jadval usulini yaratganligi hisoblanadi. K. o’z tadqiqotlarida «tabiiy tartib» kontsep- tsiyasi (erkin savdo, narx, rakrbat, xusu- siy mulk, kapitalistik tizim)ga asosla- nadi. Ad.: Razzoqov A. va b., Iqtisodiy ta’- limotlar tarixi, T., 1997; Anikin A.V., Yunost nauki. Jizn i idei mislite- Ley-ekonomistov do Marksa, M., 1979.