Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish — ishlab chiqarish jarayonining doimo kengaytirilgan hajmida yangidan boshlanib, takrorla- nib turishi. Aholining ko’payib bori- shi, individual iste’molning ortib bo — rishi, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojning to’xtovsiz o’sishi K.t.i.ch.ni zaruriy shart qilib qo’yadi. Bu esa ehtiyojni qondirishning asosiy usuli bo’lgan i.ch.ning kengaygan holda takrorlani- shini taqozo etadi. Oddiy takror i.ch. — i.ch. jarayonining ilgarigi hajmlarda bir me’yorda takrorlanishi o’sib bora- yotgan ehtiyojlarni qondira olmaydi. Shu sababli rivojlangan iqtisodiyotga K.t.i.ch. xosdir. Farovon hayot YaMMni tobora ko’proq yaratish va uning samarali ishlatilishini talab etadi. K.t.i.ch. faqat ishlab chiqaruvchi kuch- larga taalluqli bo’lib qolmay, ayni vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy tizim Xu- susiyatlarini ham o’zida ifodalaydi. K.t.i.ch. yangilanish jarayonini bildi- radi va takrorlanish davrida mehnat qurollari, vositalari, usullari, mahsulot yaratilishi kabi jarayonlar- ning o’zgarib borishi, o’rin almashuvi qabilarni qamraydi. Yangilanish inver- siya usulini qo’llash b-n amalga oshiri- ladi. Shuning uchun YaMM iste’mol va i.ch.ni qaytadan yangilash uchun sarf eti- ladi, resurslarga aylantirib, investi- tsiyalar uchun ishlatiladi. K.t.i.ch. ning ilg’or texnologiya va yangi usullar asosi- da amalga oshuvi iqtisodiy o’sishni ja- dallashtiradi. O’zbekistonda K.t.i.ch. jarayoni sho’rolar davrida umumittifok, majmui asosida amalga oshib, milliy manfaatga bog’liq bo’lmagan. Mustaqillik yilla- ri K.t.i.ch.da tub o’zgarishlar yuz berdi, O’zbekiston xalqi manfaati va tikla- nayotgan bozor iqtisodiyoti talablari asosida mustaqil harakatdagi K.t.i.ch. jarayoni yuzaga keldi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanib, i.ch. to’la zamonaviy texnologiya asosida yangilanmoqda, yangi- yangi tarmoqlar paydo bo’lib, mashinasoz- lik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, elek- tronika kabi tarmoqlar sanoatda asosiy o’rinni egallamoqda. Takror i.ch.da yangi proportsiyalar yuzaga kelib, xom ashyoviy yo’nalishga asta barham berilib, tayyor mahsulot yo’nalishi, eksportbop va im- port o’rnini bosuvchi mahsulotlar i.ch. yo’nalishi ta’minlanmokda. Tub mul- kiy o’zgarishlar yuz berib, davlat mul- ki hisobiga xususiy, korporativ mulk asosida K.t.i.ch.ni barpo etish jarayoni davom etmokda. K.t.i.ch. jarayoni erkin iqtisodiy taraqqiyot iziga o’tkazildi, xususiy tadbirkorlik faoliyati b-n boy- itildi. Muxtor Rasulov.