Keramik issiqlik izolyatsiya mahsulotlari

Keramik issiqlik izolyatsiya mahsulotlari – keramik massalardan olingan yuqori g’ovakli keramiklarning bir turi, ularni g’ovaklashtirish yoki ularga qiyin eriydigan g’ovakli to’ldirgichlar kiritish yo’li bilan olinadi. Bu massalarda qoliplangan mahsulotlar quritiladi va yuqori haroratlarda pishiriladi (kuydiriladi). Xom ashyoga qarab keramik issiqlik izolyatsiya mahsulotlari diatomitli (trepelli), shamotli, perlit-vermikulitreramik va keramik tolali va boshqalarga bo’linadi.