Keraylt qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Keraylt qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Qashqadayo oblasti, G’uzor rayonida. Bu toponimga etnik nom asos bo’lgan. Kerayt – o’zbek, qozoq, qirg’iz xalqlari tarkibiga kirgan qabilalardan birining nomi. Ular X-XII asrlarda Mo’g’ulistondagi Onon va Kerulen daryolarining yuqori oqimida yashaganlar. Keraytlarning bir qismi Chingiz qo’shinlari tarkibida Ozarbayjonning janubiy rayonlariga kelib o’rnashgan Keraytlarning katta bir qismi o’zbek xalqi tarkibiga singib ketgan. Kerayt so’zining ma’nosi haqida turli fikrlar bor. Nomning birinchi qismi ko’p tadqiqotchilarning fikricha, qora degan ma’noni bildiradi. Nomning ikkinchi qismi har xil-odam, qo’y, qarg’a ma’nolarida bo’lsa kerak, deb taxmin qilinadi. Ba’zi shevalarda keraynt karit shaklida, masalan, Shimoliy Xorazmda uchraydi.

Добавить комментарий