Kerboboev Berdi Murodovich
Kerboboev Berdi Murodovich [1894.3(15).3, Tajan tumani Qavqi- Zarang qishlog’i — 1974.5.3, Ashxobod] — Turkmaniston xalq yozuvchisi (1967), zamonaviy turkman adabiyoti asoschila- ridan. Turkmaniston FA akad. (1951). Buxorodagi madrasada tahsil olgan, Leningrad un-ti Sharq f-tida o’qigan (1927-28). Ilk hajviy she’rlari 1925 y.da «Turkmaniston» gaz. va «Tokmak» («To’qmoq») jur.da bosilgan. Dastlab- ki dostonlari («yangi turmushga», 1928; «Amudaryo», 1931), hikoya va ocherklari («Maral», 1937), qissalari («bayram», 1934; «Botir», 1935) va dramatik asar- lari («hurliqo va Hamro», 1940 va b.) turkman adabiyoti taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgan. «Qurbon Durdi» qissasi (1942), «oylar» dostoni (1943), «va- tanga muhabbat» (1941), «qardoshlar» (1943) kabi sahna asarlarida 2-jahon urushida bosqinchilarga qarshi kurash va turkman xalqining mamlakat ichkarisi- dagi mehnati aks etgan. «Dadil qadam» (1-3-kitoblar, 1940-55) da turkman xalqining o’tmishi, hayoti, kurashi, ruhiy kechinmalari tasvirlangan. «Oysulton» qissasi (1949) turkman paxtakorlariga bag’ishlangan, «Nebitdog'» romani (1957) neftchilar faoliyati va hayoti haqida. K. Navoiy, Hamza, Abdulla Qodiriy va b. ijodidan ilhomlangan. Oybek, G’afur G’ulom va b.ning ayrim asarlari- ni turkmanchaga tarjima qilgan. K.ning deyarli barcha yirik asarlari o’zbek ti- lida nashr qilingan. «Maxtumquli» dramasi (1943; Yashin tarjimasida) sahnalashtirilgan. As: dadil qadam (roman), T., 1951; Oysulton, (qissa),T., 1958; Nebitdog’ (roman), T., 1963; Turkmaniston bahori (she’rlar), T., 1974. Ad.: Inog’omov R., Adabiy qardoshlik taronalari, T., 1972; Qurbonboev K., O’zbek—turkman adabiy aloqalari, T., 1974.