Kesh

Kesh (Arab, manbalarida Kashsh, Kass, Kise) — tarixiy shahar va vilo- yat. Hoz. Qashqadaryo viloyatining shim.- Sharqiy qismini egallagan. Dastlab K. Kitob o’rnida bo’lgan, keyin 9-10-a. larda Shahrisabz hududiga ko’chgan. K. nomining xitoycha transkripsiyasi 1-marta 7-a.ga oid Xitoy yozma manbala- rida Syuysha shaklida uchraydi. Uning Sug’d tilidagi nomi esa 7-a. oxiri — 8-a. boshlarida hukmdorlik qilgan K. hokimi Axurpat tangalarida hamda 8-a. o’rtalarida K.ni idora qilgan hokim IX- shidning dastlabki Arabcha fale (tanga) larida ilk bor zikr etilgan. «K.»ata- masining kelib chiqishi Qashqa-Qashqrud nomi b-n bog’liqbo’lishi mumkin. Boshqa bir fikrga ko’ra (A.Muhammadjonov), «K.»toponimining ma’nosi ilk bor — uy, qishloq, shahar, poytaxt, viloyat, el-yurt, Diyor, hatto «kishvar» shaklida esa mamlakat va Vatan kabi ma’nolarni anglatgan. Xitoy yozma manbalarida qayd etilishicha, hokim Digja (Dichje) (6-a. oxiri — 7-a. boshlari) K.ga asos slogan bo’lib, o’sha vaqtda shahar aylanasi 1 km ga etgan. Arab tarixchisi Ya’qubiynshpt yozishicha, K. mil. 7-a. o’rtalarida yuksa- lib, Sug’dning bosh shaxriga aylangan. K. bu davrda hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyat yuksak rivojlangan shaharga aylanib Ark, ichki va tashqi shahardan iborat bo’lgan. Ichki shahar mudofaa de- vori va 4 darvozaga ega edi. 6-a.da arkning g’arbiy qismida shahar hokimi Digja tomonidan yangi qarorgohga asos solin- gan. 7-a. oxiri — 8-a.ning 1-yarmida K.ni arablar bir necha bor fath etgan. 751 y.da K. hukmdori Ixrid Xuroson noibi Abu Muslim buyrug’i b-n qatl qilingan bo’lib, at-Tabariyning guvohlik beri- shicha, arablar K.da katta o’ljani qo’lga kiritganlar. 775-776 y.larda K. viloyati Muqanna qo’zg’oloninmng asosiy markaz- laridan biri bo’lgan. Somoniylar dav- rida K. hududi eni va bo’yiga 1/3 farsax (2 km ga yaqin) mayd.ni tashkil etgan. Bu vaqtda aholi K.ning ko’handiz va ma- dinasini tark etgan bo’lib, hayot faqat uning rabodida davom etayotgandi. Asta- sekin aholi rabodni ham tark etib, hoz. Shahrisabz o’rnida yangi shaharga asos solgan. Arxeologik tekshiruvlar Ki- tob o’rnidagi K.ning aynan shu vaqtda barham topganligini isbotladi. K.ning bundan keyingi tarixi Shahrisabz b-n bog’liq bo’lib, bu nom 14-a. da xalqongiga uzil-kesil o’rnashgan. Shunday bo’lsada, shaharning qad. nomi talay vaqt uning yangi nomi b-n bir qatorda aytilib yur- gan. Shaharda ilm-ma’rifat rivoj topi- shi oqibatida «Koshiy, Keshiy» taxallu- si b-n mashhur olim-fozillar eti-shib chiqqanligi tufayli K. shahri «Qubbat ul-ilm val adab», ya’ni «ilm va ta’lim gumbazi» degan sifat b-n Shuhrat topgan. Ad.: Bartold V.V., Sochineniya, t.Z, M., 1965; Kamaliddinov Sh.S., Istori- cheskaya geografiya Yujnogo Sogda i to- xaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996; Krashe- ninnikova N.I., Proshloe Kitaba, SB.: «Vexi vremyon», T., 1989; Ravshanov P., Qashqadaryo tarixi, T., 1995; Sagdulla- eV A.S, iz istorii drevnego Kesha, SB. «Vexi vremyon», T., 1989; Qadimgi Kesh- Shahrisabz tarixidan lavhalar, T., 1998. Anatoliy Sadullaev, O’ktam Mavlo- Nov.