KET

KET — G’arbiy Sibirdagi Daryo. 0bning o’ng irmog’i. Uzunligi 1621 kilometr, havzasining maydoni 94,2 ming kilometr kvadrat. Ob bilan Yenisey o’rtalig’idagi suvayirg’ichdan boshlanib, G’arbiy Sibir pasttekisligidan oqadi. Ket qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 560 metr kub/sekund. Oktabr oxiridan may o’rtalarigacha muzlab yotadi. Quyilish joyidan 737 kilometr masofada kema qatnaydi.