Ketenlar
Ketenlar — umumiy formulasi RR’C=C=O bo’lgan organiq birikmalar. Aldoketenlar ( R=H, R’ — organiq radikal) va ketoketenlarga (R va R’ — organiq radikallar) bo’linadi. Ular- ning oddiy vakili — keten SN2=S=o gaz (suyuqlanish t-rasi -134,6°, kaynash t-rasi -41°). K. mineral kislotalar, metallorganiq birikmalar, spirtlar, karbon kislotalar, aminlar, merkaptan- lar va suvni oson biriktirib oladi. Sanoatda K. atseton va sirka kis- lotani 700-800° da piroliz qilib olinadi. K. kuchli atsetillovchi modda hisoblanadi. Harakatchan vodorod atomini saqlagan birikmalar, jumladan, spirtlar, tiol- lar, aminlar kislotalar ta’sirida atse- tillash mahsulotlarini hosil qiladi: mas, ROH+CH2=C=O^ROCOCH3 Uning bu xossasidan atsetilsellyulo- za i.ch.da foydalaniladi. K. organiq bi- rikmalarni sintez qilishda, spirtlar, aminlar, ketonlarning enol shakllari- ni atsetillovchi modda sifatida, shuning- dek, organiq reagentlar, mas, ozoprope- nilasetat, r-propiolakton, sirka angi- drid, diketen olishda ham qo’llaniladi.