Keyns (Keynes) jon Meynard

Keyns (Keynes) jon Meynard (1883.5.6, Kembrij — 1946.21.4, Suseks grafligi, Tilton qishlog’i) — ingliz iqtisodchisi, davlat arbobi, keynechi- lik asoschisi. Kembrij un-tini tugatgan (1906). 1908 y.dan to umrining oxiri- gacha shu un-tda dars berdi (1920 y.dan prof.), ayni paytda bir qator ma’muriy lavozimlarda ishladi. Britaniya xazi- nasi xodimi (1915-19), Angliya ban- ki direktorlaridan biri (1942 y.dan), Bretton—Vuds konferentsiyasida (q. Bretton—Vuds bitimi) Angliyaning bosh vakili (1944). 1912 y.dan nazariy «Economic journal» («Iqtisodiyot jurnali») muharriri bo’lgan. Pul muomalasi va moliya, iqtisodiy o’sish, bandlik sohalarida bir qator asarlar yaratdi («Versal shart- nomasining iqtisodiy oqibatlari», 1919; «Mister Cherchill siyosatining iqtisodiy oqibatlari», 1925; «pul to’g’risida risola», 1930 va b.). K.ning asosiy g’oyalari «bandlik, foiz va pul- ning umumiy nazariyasi» (1936) asarida bayon etilgan. K. bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi I va davlat iqtisodiy siyosa- tining asosiy tamoyillarini asoslab berdi. K. qarashlari 2-jahon I urushi va undan keyingi davrda ko’pgina G’arb mam- lakatlari (ayniqsa, AQSh va Buyuk bri- Taniya)da davlat iqtisodiy siyosatining nazariy asosiga aylandi (q. Keynechilik, Neokeynschilik).