Keyptaun, Kapstad
Keyptaun, Kapstad — jarning Jan.-g’arbiy qismidagi shahar, yaxshi Umid burni yaqinida. Kap provintsiya- sining ma’muriy markazi va mamlakat parlamentining qarorgohi. Axolisi 1,9 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari, shahar atrofi b-n). K.ga 1632 y.da Ost-Indiya kompaniyasi asos solgan. Kap mustamlakasining ma’- muriy markazi bo’lgan. 1806 y.da ingliz- lar bosib olgan. Jan. Afrika Ittifoqi tuzilgandan boshlab (1910), uning kap provintsiyasi tarkibida. K.—transport yo’llarining yirik tuguni. Xalqaro aeroport bor. Afrika- dagi eng katta portlardan. Mamlakat- ning muhim sanoat, savdo-moliya marka- zi. Mashinasozlik muhim ahamiyatga ega. Metallsozlik, kemasozlik, neftni qayta ishlash, vagonsozlik, yog’ochsozlik, Avto- mobilsozlik korxonalari bor. Tsement, to’qimachilik mahsulotlari, konserva ishlab chiqariladi, olmosga sayqal beri- ladi. Un-t, Jan. Afrika muzeyi, Milliy galereya, astronomiya rasadxonasi, bota- Nika bogi bor. 17— 18-a.larga oid me’- moriy yodgorliklar saklangan. K. yaqinida Afrikada birinchi AES qurilgan.