«Keys Korporeyshn»
«Keys Korporeyshn» — q.x. va qurilish texnikasini ishlab chikaruvchi jaxrndagi eng yirik kompaniyalardan biri. 1842 y. J.Keys tomonidan tash- kil kdlingan. Markaziy boshkaruv ido- rasi AQShning Viskonsin shtati Rasin sh.da, Evropadagi idorasi Parijda. Kompaniya mahsulotlari dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlariga sotiladi. «K. k.»turli maqsadlarda qo’llaniladigan don va ozuqa o’rish, paxta terish, sholi o’rish kombaynlari, 40 ot kuchidan 440 ot kuchigacha ega bo’lgan traktorlar, zich- lab yig’adigan texnikalarni, purkagich- lar, lavlagi qaziydigan komplekslar, tuproqqa ishlov beradigan agregatlar, an’anaviy va pnevmatik ekish agregatla- rini, kultivatorlar, boshqa turdagi q.x. texnikalarini ishlab chiqaradi. «K. k.»AQShda 10 ta, Evropada 3 ta, Braziliyada va Avstraliyada bittadan i.ch. korxonalariga ega. 1997 y.dan boshlab korporasiyaga «Konkord» (AQSh), «Shtay- er» (Avstriya), «Fermek va jem Sprayrz» (Buyuk Britaniya), MDV va «Forshtrit» (Germaniya), «Feksikom» (Kanada) kabi yirik i.ch. korxonalari qo’shildi. Kom- paniya tarkibiga dizel motorlari ish- lab chiqaradigan «Kammins» va em-xashak ekinlari o’radigan texnikalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ham kiradi. 2000 y.da korporasiya tarkibida XXRda katta xajmdagi og’ir yuklarni ortuvchi texnika ishlab chiqaradigan qo’shma korxona tash — kil qilindi. Ukrainada tashkil qilingan traktor ishlab chiqaradigan «Dnipro- Keys» qo’shma korxonasi hamda 2000 y.da O’zbekistonda tashkil qilingan, traktor- lar va paxta terish mashinalari ishlab chiqaradigan «o’z keysmash» qo’shma kor- xonasi, Belorussiyaning lida shahrida tashkil qilingan don o’radigan kombayn- lar ishlab chiqaradigan qo’shma korxona ham «K. k.»tarkibiga kiradi. Kompaniya ehtiyot qismlar b-n ta’- minlashning tezkor bajariladigan va samarali tizimiga ega. Evropada 5 ta markazlashtirilgan ehtiyot qismlar b-n ta’minlaydigan omborxonalari mavjud bo’lib, buyurtmalarning 24 soat davomi- da bajarilishini ta’minlaydi. 1999 y.da «K. k.»kompaniyasi b-n «Nyu Xolland» kompaniyasi qo’shilib, «Keys-Nyu Xolland» («CNH») nomi- da yangi korporasiya tashkil qilindi. Bu korporasiya qurilish texnikasi i.ch. hajmi bo’yicha jahonda 3-o’rinni egal- laydi. «K. k.»o’zining q.x. va qurilish tex- nikasiga servis xizmat ko’rsatadigan ti- zim yaratgan. O’zbekistonda «K. k.»trak- torlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni «Toshkent traktor zavodi» aktsiyadorlik jamiyati b-n, paxta teradigan mashina- larni esa «Toshkent qishloq xo’jaligi mashinalari zavodi» aktsiyadorlik jami- yati b-n birgalikda tashkil qilgan. Sadir Salimov.