KHULVA

KHULVA — Bangladeshning Janubiy- g’arbiy qismidagi shahar. Gang daryosining kema qatnaydigan tarmog’i — Pusur daryosi bo’yida. Aholisi 732 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Khulva — sanoati tez o’sib borayotgan va iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakatda 3-o’rindagi shahar. Transport yo’llari tutuni. Jut (mamlakat jut sanoatining yarmidan ortig’i joylashgan), ip gazlama, oziq-ovqat, metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik (kabel ishlab chiqarish zavodi), yog’ochsozlik va kimyo sanoati, daryo kemasozligi korxonalari, issiqlik elektr stansiyalari bor.