KICHIK OSIYO TOG’LIGI

KICHIK OSIYO TOG’LIGI — Turkiyadagi tog’lik, kichik Osiyo yarim orolining kata qismini eg’allaydi. Kichik Osiyo tog’ligining Markaziy qismi Anadolu yassitog’ligidan, shimolda Pontiya va Janubda Tavr tog’laridan iborat. Sharqda Kichik Osiyo tog’ligi sekin-asta Sharqiy Tavr tog’lariga o’tib boradi. Uzunligi 1200 kilometr chamasida. Kengligi 600 kilometrgacha, ko’p qismining balandligi 800-1500 metr, ichki rayonlariga chala cho’l landshafti xos. Tog’larning tashqi yon bag’irlari o’rmon va O’rta dengiz bo’yi butalari bilan qoplangan.