KILIKIYA DARVOZASI
KILIKIYA DARVOZASI — Tavr tog’laridan Turkiyaning Janubga o’tuvchi tog’ yo’lagi. Yo’lakni Chaqit daryosining tor kesma darasi vujudga keltirgan. Anadolu yassitog’ligini Chukurov (Kilikiya) pasttekisligi bilan birlashtiradi. Kilikiya dovonidan o’tgan shosse va temir yo’l Turkiyani Suriya bilan bog’laydi.