Kimaklar, imaklar

Kimaklar, imaklar — qad. tur- kiy xalq. 7-a.da G’arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo’lib, Oltoy tog’larining shim.-g’arbida, Irtish daryosi bo’ylarida yashagan. K.ning bir qismi 11-a. boshida Sirdaryoning quyi va o’rta oqimlarini eg’allagan. K.ning asosiy dini shamanlik bo’lgan, shuningdek, osmonga(Tangriga), ajdodlar ruhiga, olovga topinishgan. K. o’rtasida mamlakatning asosiy daryosi — Irtish kultiga topinish kuchli bo’lgan. Isxrq ibn al-Husaynning (11-a.) yozishi- cha, K. o’lgan kishilarning jasadlarini kuydirib, yirik daryolarga (mas, Irtish daryosiga) tashlashgan. K., asosan, turkey tilda so’zlashgan. Kuchmami K. chorvachi- lik b-n shug’ullanib, o’tovlarda, chayla, kapalarda yashagan. Shim.da o’rmonli hududlarda yashagan o’troq K., asosan, erto’lalarda istiqomat qilganlar. Ko’chmanchilar xo’jaligida ovchilik (mo’ynali hayvonlarni ovlash) yordam- chi mashg’ulot hisoblangan. «K.»atamasi 12-a.dan so’ng manbalarda uchramaydi. Ad.: Pletneva S.A., Kochevniki Sred- nevekovya, M., 1982.