Kimchxek, Kimchak

Kimchxek, Kimchak (1951 y.gacha Sonjin) — KXDR ning shim.-Sharqiy qismidagi shaxar, Yapon dengizi sohilida. Aholisi 180 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Kimchxekxan (Sonjinxan) buxtasidagi port. Qora metallurgiyaning yirik markazi. Kema verfi bor. Baliq ovlanadi. K. yaqinidan magnezit va grafit olinadi. Koreyaning siyosiy va harbiy arbobi kim Chxek nomi b-n atalgan.