Kimgansan
Kimgansan (koreyscha Kimgan -olmos, san — tog’), olmos tog’lari — Sharkiy Koreya tog’larining shim. qismi, Shim. Koreyada. Uz. 80 km chamasida, eng baland joyi 1638 m. Granit jinslardan tuzilgan parallel tizmalardan iborat. Tor Daryo daralari b-n o’yib yuborilgan. Turli-tuman manzarali relef shaklla- ri, sharsharalar uchraydi. Yon bag’irlari dub va aralash o’rmonlar b-n qoplangan. Volfram, molibden, nikel, mis, temir ruda konlari bor. Qoyalarni o’yib Budda haykallari yasalgan. Kurort ko’p. Turizm rivojlangan.