Kimyo sanoati
Kimyo sanoati — og’ir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyo- viy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (am- miak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral o’g’itlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, tsellyulo- za atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan ma- teriallar va buyumlar, lok-bo’yoq materi- allari, sintetik bo’yoqlar, kimyoviy reak- tivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning mustaqil sanoat tarmog’iga ay- lanishi sanoat to’ntarishi b-n bog’liq. Sulfat kislota i. ch. bo’yicha dastlabki z-dlar 1740 y.da Buyuk Britaniyada (Rich- Mond), 1766 y.da Frantsiyada (Ruan), 1805 y.da Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 y.da Germaniyada (Leypsig yaqinida) bar- po etilgan. To’qimachilik va shisha-oyna sanoa- tining rivojlanishi b-n soda ishlab chiqaradigan z-dlar qurildi. Bunday kor- xonalar — soda z-dlari Frantsiyada 1793 y.da (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 1823 y.da (Liverpul), Germaniyada 1843 y.da (Elba bo’yidagi Shyonebek sh.da), Rossiyada 1864 y.da (Barnaul)da qurildi. 19-a. o’rtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya (1867), Rossiya (1892)da sun’- iy o’gitlar ishlab chiqaradigan z-dlar ishlay boshladi. AQShda K.s. Evropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo bo’ldi, lekin 1913 y.ga kelib kimyoviy mahsulotlar i.ch. hajmi bo’yicha jahonda 1-o’ringa chiqib oldi. O’zbekistonda tegishli xom ashyo man- balari bo’lishiga qaramay 20-a.ning 30-y. larigacha K.s. deyarli yo’q edi. 1910-y.lar- da ohak kuydirish, o’simlik bo’yog’i olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik b-n shug’ullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun z-Di, neftni haydash z-Di, 2 bo’yoq f-kasi) bo’lgan. Zamonaviy K.s.ning shakllanishi 1932 y. qadimdan oltingugurt qazib olin- gan Sho’rsuv oltingugurt koni (Farg’ona vodiysi)ning ishga tushirilishi b-n boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57% ini bergan va itti-foqning oltin- gugurt mustaqilligini ta’minlashda muhim rol o’ynadi. K.s.ning eng yirik korxonasi Chirchiq elektr kimyo kti 1940 y. okt.dan mahsulot bera boshladi. Shu yili 608,9 t ammiak, 961,7 t kuchsiz azot kislotasi va 930 t ammiak selitrasi ishlab chiqarildi. 1940 y.da Respubli- kaning jami sanoat mahsuloti hajmida K.s. hissasi 0,8% ni, K.s.da band bo’lgan ishchilar soni sanoat ishchilarining 1% ni tashkil etgan, sanoat i.ch. fondining 7,4% K.s. hissasiga to’g’ri kelgan. Urushdan keyingi yillarda 1946 y.da Qo’qon, 1957 y.da Samarqand superfos- Fat z-dlari ishga tushirildi va bu z-dlar respublika q.x.ning fosforli o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlashga xizmat qildi. Buxoro viloyatida Gazli gaz koni ishga tushirilishi b-n tabiiy gazdan foydalanish asosida 1963 y.da Farg’ona azotli o’g’itlar z-Di, 1964 y.da Navoiyda kimyo k-ti ishlay boshladi. 1958-65 y.larda Olmaliq kon- metallurgiya kti qoshida sulfat kis- lotasi z-Di, Pop rezina oyoq kiyimlari z-Di, Yangiyo’l gidroliz z-Di qurildi. 1965 y.da respublikada birinchi marta Farg’ona azotli o’g’itlar z-dida g’o’za bar- gini to’kishda ishlatiladigan magnit xlorat defolianti ishlab chikarila bosh- ladi. Jizzaxda plastmassa quvurlar z-Di (1972), 1973 y.da Olmaliqda ammofos ishlab chiqaradigan yirik korxonaning 1-navbati ishga tushirildi. 20-a.ning 90-y.lari boshiga kelib O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim o’rinni eg’allagan K.s. barpo etildi. 1990 y.da 1762 ming t mineral o’g’itlar (100% oziq modda hisobi-da), 154,9 ming t sintetik smolalar va PLA- stik massalar, 1735,2 ming t sintetik ammiak, 2859 ming t sulfat kislota, 52,6 ming t kimyoviy tolalar va iplar, 226,2 ming t sintetik yuvish vositalari va sovun (yog’kislotalari 40% hisobida) va b. mahsulotlar ishlab chikarildi. 1991 y.da respublika K.s. korxonala- ri negizida «O’zkimyosanoat» kontserni tashkil etildi. 1994 y. yanv.da kontsern «O’zkimyosanoat» uyushmasiga aylanti- rildi. O’zbekiston Respublikasi Vazir- lar Mahkamasining 2001 y. 13 martdagi «Kimyo sanoatini boshqarish tuzilma- sini takomillashtirish chora-tadbir- lari to’g’risida» qaroriga muvofiq, «O’zkimyosanoat» ochiq aktsionerlik jami- yati (AJ) shaklidagi davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Respublika hukumati tomonidan O’zbekiston K.s. kor- xonalarini yalpi rivojlantirishning 23 investisiya loyihalaridan ibo-rat dasturi ishlab chiqildi va ma’qullandi, K.s. korxonalarini rivojlantirish va qo’llab quvvatlash jamg’armasi tashkil etildi. «O’zkimyosanoat» kompaniyasi tarkibida 34 ta korxona, shu jumladan, 4 qo’shma korxona ishlaydi (shulardan 22 tasi ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari (AJ)ga aylantirilgan) (2002). Ularning 20 dan ko’prog’i yirik zamonaviy korxo- nalardir. Mineral o’g’itlar i.ch. respublika K.s.ning asosiy tarmoqlaridan biri. Respublikada q.x. uchun zarur bo’lgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbamid, suyul- tirilgan ammiak, shuningdek, samarador murakkab azotli va fosforli o’g’itlarni i.ch. yo’lga qo’yilgan. «Elektrkimyosa- noat» AJ (Chirchiq), Farg’ona «azot» i.ch. birlashmasi asosiy turdagi azotli o’g’itlar, «Qo’qon superfosfat z-Di» AJ, Samarqand kimyo z-Di, Olmaliq «ammo- fos» AJda ammofos, oddiy va ammoniy- lashgan superfosfat, qumoq ammfos kabi fosforli o’g’itlar ishlab chiqariladi. Respublika K.s. korxonalari bir yidda 2,8 mln. t azotli, 1,25 mln. t fosfor- li o’g’itlar i.ch. quvvatlariga ega. K.eda mineral o’g’itlar i.ch. hajmi Respubli- ka q.x. ehtiyojlarini to’la ta’minlashi b-n birga ularning bir qismi chetga ham chiqariladi. Sulfat kislotasi K.s. tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublika- da sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq «Ammofos» AJ, Samarqand kimyo z-Di, Navoiy kon-metallurgiya k-ti, Olmaliq kon- metallurgiya k-tida barpo etilgan. Soda sanoatining Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona bo’lgan korxonasi — Qo’ng’irot soda z-Di qurilishi 1995 y.dan boshlandi (yillik loyiha quvvati 210 ming t soda) va 2004 y.da ishga tushi- riladi. O’simliklarni himoya qilishning ki- myoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektisid, fo’ngisidlar) Farg’ona «azot» ishlab chiqarish birlash- masida (1965 y.dan, magniy xlorat de- folianti), Navoiy «Elektrokimyo z-Di» AJ (1960 y.dan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, Bronotak, insektisidlar — fo- zalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika q.x.da o’simliklarni kasal- lik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda ko’llaniladigan oltingugurt kukuni Sho’rsuv kon-kimyo korxonasida hamda muborak va Sho’rtan gaz komplek- slarada ishlab chiqariladi. Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq iste’moli tovarlari i.ch.da keng qo’llaniladi. Chirchiq «Elektrkimyosano- at» AJda kaprolaktam (1980 y.dan, yil- lik quvvati 70 ming t), Farg’ona kimyo- viy tolalar z-Di (1959)da atsetat iplar, «Navoiyazot» AJda akril tolalari (1974 y.dan; yillik quvvati 23 ming t dan ko’proq), Farg’ona «azot» ishlab chiqarish birlashmasida tsellyuloza atse- Tati (yillik quvvati 42 ming t) ishlab chiqariladi. Farg’ona furan birikmalari z-Di (1946)da tsellyuloza mustaqilligini ta’minlash bo’yicha paxta lintidan tsel- lyuloza i.ch. ga ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilgan. Farg’ona kimyoviy tolalar z-dida kaprolaktamni qayta ishlab, ka- pron va iplar tayyorlashga imkon beradi- gan quvvatlar bor. K.s.da gidroliz korxonalari 2-jahon urushidan keyingi yillardan qurila boshladi. Farg’ona furan birikmalari (1946), Yangiyo’l biokimyo (1952), An- Dijon gidroliz (1953) z-dlarida aso- siy xom ashyo — chigit shulxasi, sholi qobig’idan texnik etil spirti, furfu- rol, ozuqa achitqilari (xamirturush), furil spirti, ksilit, laprol va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi. 90-y.lar boshidan bu korxonalarda g’alladan oziq- ovqat (etil) spirti i.ch. o’zlashtirildi: «Andijon biokimyo z-Di» AJ (sobiq gidroliz z-Di) da yillik quvvati 915 ming dal (1994), «Qo’qonspirt» AJda 1800 ming dal (1995) va «Yangiyo’l bio- kimyo z-Di» AJda 915 ming dal (1996) etil spirti ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va b. sano- at tarmoklarini respublikaning o’zida ishlab chikarilgan spirt b-n ta’minlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming t ga yaqin karbon kislota- lari ham ishlab chiqariladi. «Andijon biokimyo z-Di» AJda 1992 y.dan quruq xlorella biomassasini tayerlash yo’lga qo’yilgan. Rezina mahsulotlari Angren «Re- zinatexnika» AJ (1975)da ishlab chiqariladi. Ilgari, asosan, rezina mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan «Re- zinatexnika» AJ 1987 y.dan xalq iste’- moli tovarlari i.ch.ga o’tdi. 1992 y.dan birlashmada engil avtomobil shina- larini tayerlash o’zlashtirildi. 1996 y.dan yiliga engil avtomobillar uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlar ishga tushirildi. Respublikada plastmassa va Pro- pilen mahsulotlar ini qayta ishlovchi (Ohangaron «Santexlit», «Jizzaxplast- massa» AJ), turli markadagilok – bo’yoq mahsulotlari («Toshkent lok-bo’yoq z-Di» AJ, 1946), mebel sanoati uchun sintetik smolalar (Farg’ona furan birikmalari z-Di), maishiy kimyo tovarlari [«maishiy kimyo» AJ (Toshkent sh.,), 1987; Olmaliq maishiy kimyo z-Di, 1971 (hoz. Rossiyadagi «Kalina» kontsernining «pallada-vos- tok» sho»ba korxonasi); Toshkent yog’-moy kti tarkibida sintetik yuvish vositala- ri z-Di, 1971] ishlab chikaradigan korxo- nalar ishlaydi. 2000 y.da respublika sanoati mahsulotlari umumiy hajmida K.s. (neft kimyosi sanoati b-n birga) hissasi 6,1 % ni tashkil etdi. 832 ming t mineral o’g’itlar (100% ozik, modda hisobida), 15 ming t sintetik smolalar va plastik massalar, 14,7 ming t kimyoviy tola va iplar, 985 ming t sintetik am- miak, 823,4 ming t sulfat kislota, 287 ming t oltingugurt va b. maxsulotlar ish- lab chiqarildi. Chet mamlakatlardan AQSh, Yaponiya, GFR, Frantsiya, Buyuk Britaniya va ita- liya, Rossiya kimyoviy mahsulotlar i.ch. bo’yicha etakchi o’rinlarda turadi. Jahon bo’yicha K.s. ishlab chiqarishning ¾ qismi shu mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi. 60-y.lardan boshlab Yaponiya va Germaniya K.s. jadal rivojlandi. Li.: Kadirov V., Stanovlenie ximii v Respublike O’zbekiston, T., 1995. O’rin Hasanov, Nuriddin Musaev.