Kimyo, ximiya

Kimyo, ximiya — moddalarning tu- zilishi va o’zgarishini o’rganadigan fan. K. boshqa fanlar qatori inson faoliya- tining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaru-riy mahsulotlar i.ch., biridan ikkin- chisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida ro’yobga chiqdi. Odamlar qadimda ruda- lardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qo’llash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bil- ganlar. Mil. AV. Misrda kimyoviy ja- rayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi ma’lum. Pishiq charm tayyorlash, uni bo’yash, rangli shisha olish, o’simliklardan dori-darmon va xushbo’y hidli moddalar tayyorlash, sopol buyum- lar i.ch. yo’lga qo’yilgan. O’sha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va O’rta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. «Kimyoi hunar» sohibi bo’lgan kimyo- gar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi b-n shug’ullangan. O’zbekistondan o’tgan Buyuk ipak yo’li orqali mil. AV. 1-ming yillikning 2-yar- midan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq b-n birga hunarmandchilik ham kirib kel- Di. Topilgan juda ko’p tarixiy buyum va yodgorliklar O’zbekiston hududida yasha- gan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Bu- xoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan 8-a.ga taalluqli kimyo lab. topilgan. Lab. jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi. K.ning fan sifatida shakllanishi- ni tadqiqotchilar Misr b-n bog’lashadi. Savdo-sotiq, xunarmandchilik va maaa- niy alokalar juda rivojlangan bu mam- lakatda ilm, falsafiy qarashlar, sanoat va q.x. yaxshi rivoj topali. Nil bo’yidagi Iskandariya shahrida 1-a.da yozilgan trak- tatlarda ko’pgina kimyoviy ma’lumot- lar, jumladan, kimyoviy Ji-hozlarning ko’rinishlari, kuydirish, pishirish, to- Blash, quruq haydash, eritish, kristalla- nish, ajratish va b. usullar haqida ma’- lumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish g’oyasi ham ilgari surilgan bo’lib, mavhum bu izlanish fanning rivojlanishiga ma’- lum darajada to’sqinlik qildi, olimlar fikrini boshka — amalga oshmaydigan yo’nalishga burib yubordi. Iskandariya traktatlari ma’lumotlaridan foyda- langan Arab olimlari tez orada bir ne- chta yangi moddalar, jumladan, nitrat kislota, tuzlar va b.ni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi K.ga arablar «al» qo’shimchasini qo’shib mashhur «alkimyo»ga asos soldilar. Na- tijada ko’pgina ilmiy asarlar, Kito- blar, maqolalar va tajribalar ifodala- ri paydo bo’ldi. Keyinchalik bu so’z Ev- ropa mamlakatlarida «ximiya» nomi b-n ommalashdi. Muhammad Xorazmiy 10-a. da «K.»so’zi Arabcha «kamoyakmi», ya’ni «yashirmoq», «berkitmoq» ni anglatadi, deydi. Turk olimi Toshko’pir-zodaning fikriga ko’ra, mazkur so’z yahudiycha «ki- myax» dan olingan. Ba’zi olimlar «K.» so’zi Misrning qad. nomi «Xem» yoki «Xame»dan olingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu so’z «qora» yoki «qoramtir» ma’nosini anglatib, manbalarda «K.» «Misr fani» degan ma’noda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa «K.»so’zi yunoncha «kimyo» iborasidan kelib chiqqan bo’lib, «suyuqlik», «eritilgan metall»ni anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday bo’lishidan qat’i nazar, mazkur fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada o’rta Osiyo- lik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan ma’lum. «Alkimyo» asoschisi Jobir ibn Xay- yom metallarning paydo bo’lishidagi ol- tingugurt-simob nazariyasini olg’a sur- gan, ya’ni er qa’rida quruq bog’lanishdan oltingugurt («metallar otasi»), nam bug’lanishdan esa simob («metallar ona- si») paydo bo’ladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda bi- rikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qo’rg’oshin, shisha hosil bo’ladi. Shu asnoda oddiy metallarni Nodir me- tallarga o’tkazish haqida ma’lumotlar beriladi. «Element» tushunchasiga ko’ra, oltingugurt — yonuvchanlik, simob — uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni bildi- radi. Sho’nga ko’ra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr bo’ldi. Olimning izdoshlaridan bo’lgan Abu Nasr Forobiy o’zining «Ustodi Soniy» asarida alkimyo ilmining yo’nalishini ma’qullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ap-Roziy «sirlar kitobi»da alki- Myo ma’lum bo’lgan moddalarni o’rganish, asbob-uskunalarni yig’ish va foydala- nish hamda tajribalar o’tkazishni kel- tiradi. Roziy o’z asarida o’ngacha ma’lum bo’lgan moddalarni tasniflab, asbob va tajribalarni ma’lum bir tizimga sol- gan. Abu Abdullo al-Xorazmiyning «Bi- limlar kaliti» kitobida K.ga alohida bo’lim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar to’g’risida mu- kammal ma’lumotlar keltirilgan. Abul Hakim al-Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida qo’llanilgan taroziga ahamiyat beradi. Al-Haziniy tomonidan 1125 y.da yozilgan «dono tarozu haqida kitob»da turli ko’rinish va tuzilish- dagi tarozilarda tortish usullari bayon qilinganligi manbalardan ma’lum. Abu Ali ibn Sino «Al-qonun» kitobida o’simlik, hayvonot, minerallar, tuzlar, kislotalar, ishqorlar, metallar, oksid- lar va b. birikmalarning 750 dan ortiq turini yozadi. Ularning nomi, xossala- ri, ishlatilishini tula ifo-dalaydi. Uning «taboshir kulchalari»dan (Indo- neziyada o’sadigan bambukdan olib kul- chaga qo’shib oyoq-qo’li singan bemorlarga beriladigan kremniy oksidi — inson organizmida tez erib singadigan modda) qanchadan-qancha odamlar shifo topgan. Ibn Sino Jo-birdan farkli ravish- da metallarning xususiyatini chuqur va mukammal o’rgan-Di, uning xatolarini tuzatdi. Ibn Sino nafaqat Jobirning, balki barcha alkimyogarlarning xatola- rini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U oddiy metallardan Nodir metallar, jumladan, oltin olib bo’lmasligini bi- rinchi bo’lib amalda isbot etdi. Frantsuz olimi M. Bertlo, rus olimi B. Menshut- kin, akad. O. Soimovlarning fikricha, Abu Ali ibn Sino asarlarida hoz. zamon anorganiq kimyo fanining ilk kurtakla- ri namoyon bo’lgan. Abu Rayhon Beruniy- ning «Mineralogiya»sida moddalarning moddalik xususiyatlari uz aksini topgan. O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida mineralogiyaga oid 18 ta, K.ga oid 31 ta qulyozma mavjud. Bular Arab, fors, eski o’zbek (turk) tillarida bitil- gan «hunarlar javohiri» kitobidagi marvarid, bo’yoqlar, sir, zaharga qarshi ishlatiladigan dorilar, upa-elik tay- yorlash usullarini o’z ichiga olgan manba- lardir. 8-a.dan 17-a. o’rtalarigacha davom etgan alkimyo bir tomondan fanni ri- vojlantirgan bo’lsa, ikkinchi tomon- dan uning tez qadamlar b-n o’sishiga to’sqinlik qildi. Ingliz kimyogari R. Boyl K.ni o’rganishda yangicha yondoshish va faqat tajribalar yordamida olingan ma’lumotlarga ishonishga undadi. Uning fikricha, K.ning maqsadi jismlar tuzi- lishini aniqlash, shundan so’ng uni ele- mentlarga ajratib, tahlilga o’tishdan iborat bo’lishi kerak. Bunday ilgor il- miy fikrlar paydo bo’lishiga qaramay K.ning haqiqiy yo’lga tushishiga yana bir asr kerak bo’ldi. Nemis kimyogari g.E. SHtal (1659-1734)ning flogiston naza- riyasiga qarshi o’laroq, M. V. Lomonosov 1756 y.da yonish, ya’ni oksidlanish — OK- sidlovchi moddaning havo b-n birikishi- dan iborat ekanligini mikdoriy tajri- balar asosida ko’rsatib berdi. Frantsuz kimyogari A. Lavuaze esa 1772-77-y. larda turli moddalar ustida tajriba- lar o’tkazib, ular yonganida kislorod b-n birikishini ko’rsatdi hamda kimyoviy reaktsiyalarda moddalar og’irligining saqlanish qonunini isbotladi. Mazkur qonun tasdiqlangach, K. sifat-tavsif il- midan mikdoriy bilimga aylandi. En- dilikda massaning saqlanish qonuni deb ataluvchi mazkur qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Bir qancha gazlar kashf qilinishi natijasida pnevmatik kimyo- ga asos solindi. Flogiston nazariyasi tamomila rad etildi, kislorodli yonish nazariyasi o’z tasdig’ini topdi. Natija- da ko’pgina nazariy tasavvurlar o’zgardi, ya’ni kimyoviy nomenklatura ishlab chiqildi. Mana shu davrda kimyoning ana- litik tahlil yo’li shakllandi. 19-a. K. fani tarixida nazariy asos- larni ishlab chiqish davri bo’ldi. Nati- jada ato m — molekulyar ta’limot may- donga keldi. Ingliz olimi jon Dal- ton 1803 i. moddaning atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar o’tkazdi. Elementlarning mu- ayyan bir mikdorda reaktsiyaga kirishuvi- ni ularning ayrim zarrachalardan, ya’ni boshqacha aytganda atomlardan tashkil topganligidan deb bildi. Karrali nis- batlar qonuni deb atalmish fikri aso- sida kimyoviy elementlarning bir-biri b-n ma’-lum og’irlik nisbatlarida bi- rikishini ko’rsatib, atom og’irliklariga alohida ahamiyat berdi. Nisbiy atom og’irlik tushunchasini fanga kiritib, eng engil element sifatida vodorod atomi og’irligini birga teng deb qabul qildi va uni birlik sifatida taklif etdi. Dal- ton elementning atom og’irligi sifatida mazkur element atom og’irligining vo- dorod atomiga bo’lgan nisbatini oldi. Italiyalik olim A. Avogadro atom va molekula tushunchasining bir-biridan farq qilishini aniqlab berdi. U modda- ning kichik zarrachasi molekula, element- larning eng kichik zarrachasi esa atom deb ta’rifladi. Pekin uning bu fikri faqat oradan ancha vaqt o’tgach, tan olin- Di. Gep-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni (q. Gey-Lyussak qonunlari) e’ti- rof etilgach, Avogadroning bir xil t-ra va bosimda olingan ixtiyoriy gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni teng bo’lishi haqidagi qonuni (gipoteza- si) amaliyotga kiritildi. Frantsuz fizi- gi J. B. Perren (1870-1942) tajribala- ri asosida hisoblab topilgan 6,022SH23 soni Avogadro soni deb ataldi. 1852 y.da ingliz kimyogari E. Fran- klend fanga valentlik tushunchasini kiritdi. A. M. Butlerov tomonidan 1861 y. e’lon qilingan tuzilish naza- riyasi K.ning rivojida muhim bosqich bo’ldi. Mazkur nazariya asosida organiq moddalarning molekulalardagi atomlar valentliklariga muvofiq bir-biri b-n birikishi, moddalarning xossalari ki- myoviy tuzilishi (tarkibi)ga bog’liqligi, atomlar bir-biri b-n qanday ketma-ket- likda birikkanligini aniqlash, kimyo- viy tuzilish formulasi birikma xos- sasini ifodalashi, molekuladagi o’zaro birikkan va birikmagan atomlarning bir-biriga bo’lgan ta’sirining borli- gi yotadi. Nazariya yangi moddalar sintez qilishni, ularning xossalarini oldin- dan aytib berishni va nazariy jihatdan muhim bo’lgan izomeriya hodisasini il- miy nuqtai nazardan isbotlab berdi. 19-a.da fandagi tarixiy kashfiyot- lardan biri 1869 y. D. I. Mendeleev tomonidan ochilgan kimyoviy element- lar davriy qonuni va sistemasi bo’ldi. Mendeleev elementlarni ilmiy asos- da sinflarga ajratdi, ular orasidagi ichki bog’lanish qonuniyatlarini topdi, hali noma’lum bo’lgan elementlar mav- judligini oldindan bashorat qildi. Uch noma’lum elementning xossalarini oldindan aytib berib, ularga «ekabor», «ekaalyuminiy» va «ekasilisiy» degan shartli nomlar berdi. Oradan 15 yil o’tar-o’tmas uning ba-shorati amalda tas- dikdandi. Bu elementlar frantsiyalik Lekok de Buabodran, shvesiyalik Nilson va germaniyalik Vinklerlar tomonidan kashf etildi. Ekaalyuminiyga Frantsiya- ning eski nomi Galliyadan olinib «gal- liy» nomi, ekaborga «skandiy» (skan- dinaviya nomidan) va ekasilisiyga «Ger- maniy» degan nomlar berildi. Mende- leevning ma’lumotlari boshqa olimlar ma’lumotlariga juda yaqinligi b-n il- miy tasdig’ini topdi. Uning yana 11 ele- mentning tez orada ochilishini nazarda tutib bo’sh kataklar qo’yganligi qonun va uning grafik ifodasi bo’lgan davriy si- stemaning katta ilmiy g’alabasi bo’ldi. Sistemada davrlar va guruhdar shunday joylashtirildiki, bunda valentlik, atom massalari, atom radiuslarining o’zgarishi va sh.k. xossalar o’z ifodasini topdi. Natijada ilgari tasdikdanma — gan kimyoviy elementlar sistemalari- dagi xatolik va kamchiliklarga barham berildi, atom massalariga tuzatishlar kiritildi, Nodir elementlar va asl gaz- lar xossalari to’g’ri talqin qilindi. Davriy qonun nafaqat K. uchun, balki boshqa tabiiy fanlar, falsafadagi mik- dorning sifatga o’tish qonuniyatlarini aks ettiruvchi tabiatning fundamental qonuni bo’lib qoldi. Buning isboti si- fatida davriy qonun va sistema asosi- da kimyo qonunlari va tabiatning yuzlab boshqa qonunlari, jumladan, radioaktiv elementlarning kashf qilinishi, ingliz fizigi E. Rezerfordning atom tuzilishi modelini taklif qilishi, Daniya fizigi N.Borningatomlarda elektron qobiqlari va qobiqchalari ketma-ket joylashuvini topishi, atom energiyasining nihoyatda ulkan kuchidan foydalanish qabilarni ko’rsatish mumkin. Ayni vaqtda K. fani Mendeleev davriy qonuni va sistemasi asosida o’qitiladi. 19-a. ning 70-y.laridan boshlab organiq kimyo tez rivojlana boshla- Di. Uglevodorodlar, spirtlar, alde- gidlar, ketonlar, karbon kislotala- ri, galogenlar, nitrobirikmalarning muhim hosilalari olindi, xossalari o’rganildi va bularning ma’lum qismi sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshla- Di. 80-y.larda to’yinmagan uglevodorod- lar asosidagi sintezlarga asos solindi, purin moddalari, qandlar, tabiiy Pig- ment va oqsillar o’rganila boshlandi. Natijada stereokimyo tasavvurlari ri- vojlandi. Bu davrda elektrokimyoviy (M. Faradey) va termokimyoviy jarayonlar (g. I. Gess, M. Bertlo), elektrolitik disso- tsiasiya (S. Arrenius), kimyoviy reaktsi- yalar tezligi (ya. Vant-Goff) o’rganildi. Buning natijasida kimyoviy termodina- Mika faniga asos solindi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlari fizi- kada atom tuzilishining o’rganilishi, radioaktivlik hodisasining ochilishi, elektronning amaliyotdagi ahamiyati o’rganilishi va kvant kimyosinit chuqur nazariy yutuqlaridan foydalanish K. FA- nining olamshumul yutuqlaridan bo’ldi. Mac, tabiiy hodisa — Adriatika dengi- zining fosforessentsiyalanishini 1835 y.dayoq frantsuz fizigi A. Bekkerel sezganligi ma’lum. Ammo oradan 60 y. dan ortiqroq vaqt o’tib uning nabirasi Anri Bekkerel 1896 y.ning 1 martida uran hosilalari, bir oz keyinroq esa uranning o’zi ham shunday xossaga ega- ligini aniq-ladi (q. Bekkerel). 1895 yili V. Rentgen tomonidan kashf etilgan nurlar ham shunday xossalarga ega ekan- ligini Bekkerel ko’rsatib o’tgan edi. ‘l.Skladovskaya-Kyuri bu nurlarni radi- oaktiv nurlar, nurlanish hodisasini esa radioaktivlik hodisasi deb atadi. U bu hodisani shaxsan o’zi toriy elementida uchratdi. U P. Kyuri b-n birgalikda uran minerallaridan 2 ta yangi radioaktiv element — poloniy va radiyni ajratib olishga muvaffaq bo’ddi. Yangi element- larning biri M. Skladovskaya-Kyurining vatani bo’lmish Polshaning eski nomi sharafiga poloniy deb nomlanadi. Shun- Day keyin aktinoidlar qatori tuzildi. Radioaktiv elementlarning yarim emiri- lish davri, ya’ni har bir radioaktiv mod- daning yarmisi parchalanishi uchun ketgan vaqtni belgiladilar. E. Rezerford, in- gliz olimi F. Soddi, keyinroq Iren va Jolio-Kyurilar radioaktivlikni chu- kur o’rganishdi, Kyurilar sun’iy radio- aktivlik hodisasini tadqiq qilishdi. Yadro reaktsiyalari yordamida davriy si- stemadagi barcha kimyoviy elementlar- ning sun’iy radioaktiv izotoplari- ni olish mumkinligi ishlar ko’lamini fizika b-n bir qatorda K.ga ham olib kirdi. Natijada K.ning zanjir reak- tsiyalari mukammal o’rganildi va amaliy ahamiyat kasb etdi. Pozitron chiqishi yoki (3+-emirilish va K-zabt etish (yadroning yaqinida turgan K-qobiqchadagi elektron- ni yutishi) turli elementlar radioizo- toplarini o’rganishga yordam berdi. Hoz. gacha bunday radioaktiv izotoplardan 1500 dan ortig’i olingan. Sun’iy radio- izotoplarni o’rganish aylanishlarning yangi xillarini topishga imkon berdi. Radioaktiv moddalarning xossalari- ni o’rganadigan, ularni ajratib olish, yig’ish va tozalash usullarini ishlab chiqadigan fan radiokimyo nomini oldi. K.ning tez suratlar b-n rivojlani- shi natijasida elektron va u haqsagi tushunchalar aniqlanib, kvant kimyosi hamda sun’iy sintez qilingan transuran elementlar kimyosi shakllandi. Oqsillar kimyosida misli ko’rilmagan yangiliklar ochildi. Million atmosfera bosimda olib boriladigan kimyoviy jarayonlar o’rganildi, sun’iy olmos olishning na- zariy yo’llari ko’rsatildi, xilma-xil polimerlar sintez qilindi. 18-a. oxiri va 19-a. o’rtalarida G’arb mamlakatlarida rivoj topa boshlagan K. Rossiya orqali O’zbekistonga ham kirib keldi. Toshkentda 1869 y. kimyo lab. tash- kil etildi. Keyin shu erda ko’mirni gaz- lashtiruvchi moslama ko’rib ishga tushi- riladi, lab.dagi xonalar gazlashtirila- Di. Lab. xodimlari tomonidan mahalliy va olib kelinuvchi portlovchi moddalar tarkibi tekshiriladi. Qo’qon xonligi va Buxoro amirligida zarb qilingan tan- galar o’rganiladi. Turli o’simliklardan alizarin bo’yog’ini ajratib olish, chi- gitni tozalash, tolani presslash, suv va tuproqni analiz qilish, o’lkada sa- noatni rivojlantirishga zarur bo’lgan tog’jinslarini tadqiq qilish, sabzavot ekinlari tarkibidagi shakar miqdorini aniqlash, shisha uchun kerakli giltuproq va qumtuproq tarkibi hamda sifatini aniqlash, uzumni bijg’itib spirt tayyor- lash, anor po’stlog’idan oshlovchi moddalar tayyorlash, tsement eritmalari va toshqol olish, don va dukkakli o’simliklardagi kraxmalni aniqlash, qamish, g’o’zapoya va daraxtlarning o’tinlaridagi yonilg’i birliklarini hisoblash kabi i.t. ishla- ri olib boriladi. 1913 y. yanv.gacha ish- lab turgan mazkur lab. bajargan ishlari asosida O’zbekistonda bir necha sanoat tarmoqlarini tashkil qilish mumkin de- gan xulosaga kelinadi, lekin bu ishlarga amaliy yondoshilmaydi. 1918 y. Toshkentda Turkiston un- tining tashkil etilishi va uning tarkibida kimyo f-tining ochilishi O’zbekistonda K. fanining rivojida yangi bosqich bo’ldi. K. va uning sanoatiga yondosh bo’lgan qurilish, oziq-ovqat, neft, suv va b. tarmoqlar rivojlanishi bu ishlar- ga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Mahalliy aholi orasidan A. Shamsiev, 3. Saidno- Sirova, M. Hakimov, M. Niyozov, M. Azi- zov kabi dastlabki kimyogarlar etishib chiqtsi. Ular yosh kadrlarni tayyorlashga katta hissa qo’shdilar. 1920 y. Turkiston Respublikasi Markaziy xalq xo’jaligi kengashida sa- noat b-n bog’langan K. bo’limi tashkil qilinib, unda lab. ochiladi. Lab. Respu- blika xalq xo’jaligining turli tarmo- klari uchun zarur bo’lgan ilmiy muam- molar b-n shug’ullana boshlaydi. 1921 y. esa i.t. institutlari Kengashi tashkil etilib, o’nga prof. S.N. Naumov rais qilib tayinlanadi. Dorivor preparat- lar tayyorlab, analitik tahlillar olib boriladi. Ishlar natijasi Xilkovo (hoz. Bekobod) tsement z-Di va Ashxobod shisha z-dining ishga tushirilishida qo’l keladi. Tez orada un-tda texnik kimyo ka- fedrasi ochiladi. Bu erda N. L. Karavaev, M. S. Elgort, D. A. Alekseev, E. I. Po- znerlar tomonidan anorganiq va fizik K. bo’yicha i.t. ishlari olib boriladi. V. A. Novikov b-n B. G. Zapromyotovlar il- miy ishlar qatorida mahalliy kadrlar tayyorlash b-n ham shug’ullanadilar. 1927 y. O’zbekiston sanoat-iqtisod i.t. in- stituta (keyinroq O’zbekiston mahalliy sanoat i.t. instituta) tashkil qilinadi. In-t lab.larida keramika, bog’lovchi ma- teriallar, tsellyuloza-qog’oz va yoqilg’i sektorlari ochiladi. 30-y.larda fanning rivojiga S. N. Naumov, M. I. Usanovich, A. P. Rostov- skiy, S. M. Muqimov, I. S. Kantsepol- skiylar katta hissa qo’shdilar. 1933 y. un-tning kimyo FTI qoshida K. tadqiqot inti tashkil qilinadi. In-t lab.larida diketoefirlar kimyosi, gaz reaktsiyalari kimyosi, elektr kimyosi, aralashmaydigan suyuqliklar kimyosi, tabiiy va sintetik kolloid sistemalar, alkillash reaktsi- yalari, kislota-ishqor nazariyasi, soz tuproq asosida keramik materiallar i.ch. kimyosi va texnologiyasi, chigitdan yog’ olish kabi muhim i.t. ishlarini rivoj- lantirishda tadqiqotchilar sanoat b-n hamkorlikda ishladilar. 30-y. larda un-tning kimyo f-tida S. Yunusov, O. Sodiqov, K. Axmedov, Sh. Tolipov, H. Usmonov, A. Sultonov, H. Rustamov, Y. Toshpo’latov, A. Abdu-ra- sulova, F. Tojiev, A. Murtazoev, H. Rahimov kabi iste’dodli yoshlar etishib chikdi. 2-jahon urushi yillarida sharo- it og’ir bo’lishiga qaramay fan rivoji- ga ahamiyat berildi, tadqiqotlar kamroq bo’lsada davom ettirildi. 40-y.lar boshi- da Ittifoq FA ning O’zbekiston filia- li tashkil qilinib, uning tarkibiga A. S. Shamsiev rahbarlik qilayotgan kimyo in-ti ham kiritildi. S. Muqimov, F. Xo’jaev va frontdan qaytgan S. Yunusov, K. Ahmedov, Sh. Tolipov, A. Sultonov, H. Rustamov, I. S. Kantsepolskiy va b. olib borilayotgan i.t. ishlariga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. Ular O’zbekiston faning i.t. institutlari tarkib topishi va rivojida ham ishtirok etishdi. Urush davrida Chirchiq elektr kimyo k-tining bosh muxandisi lavozimi- da ishlagan M. Nabiev kimyo sanoatining rivojiga katta hissa qo’shdi, keyinroq u mineral o’g’itlar kimyosi yo’nalishining bosh mutaxassisi sifatida ko’p yillar faoliyat ko’rsatdi. Xalq xo’jaligining eng asosiy tarmog’i bo’lgan paxtachilik rivojlantirildi, o’g’itlar va mikroele- mentlarning yangi xillari topildi. Umumiy va anorganiq K.da tuz- lar kimyosi, gidrolizi va eruvchanligi sohasidagi muammolar hal qilinib, erga solinadigan o’g’itlar hamda ularning ki- myosi chuqur o’rganildi. Ekinga solinadi- gan mikroelementlar kimyosi M. Azizov tomonidan rivojlantirildi, ularning anchagina kompleks birikmalari sintez qilindi, bulardan dori-darmon tay- yorlashda foydalanish ham o’rganildi. Prof. H. Rahimov Nodir va rangli me- tallarning kompleks birikmalari kimyo- si ustida ish olib bordi. Polimetalli xom ashyolar kimyosi rivojlantirildi, og’ir metallarning geterosiklik birik- malari, ularning N-oksidlari, komplek- sonlari aniqlandi. Suv-tuz sistemasi chuqur tahlil qilindi, ekstraktsiya ja- rayonlari yaxshilandi. Kompleks birik- malar va kompleksonlar kimyosi chuqur o’rganildi hamda xalq xo’jaligining turli jabhalaridan keng o’rin oldi. Akad. N. Parpievning Nodir va o’tkinchi metallar kompleks birikmalari xossalarini o’rganish, yangilarini sin- tez qilish va amaliyotda qo’llash bo’yicha ishlari diqqatga sazovordir. Kremniy, germaniy, titan, tsirkoniy, gafniy, mo- libden va vanadiy ftoridlarning vo- dorod ftorid kislo-tasi b-n ta’siri o’rganildi. Yuqori molekulali ftorli kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari topildi, anion Alma- shishining mexanizmi tahlil qilindi. Qator komplekslarning IQ-spektrlari, termografiyasi, elektr o’tkazuvchanligi, rentgen-fazaviy tahlili amalga oshi- rildi. Volfram ajratib olish ishi yo’lga qo’yildi. Yangi kompleks birikma- lardan q.x.da, tibbiyot va farmasev-ti- kada foydalanish bo’yicha amaliy ishlar qilindi. Analitik K.dagi dastlabki ishlar akad. Sh. Tolipov rahbarligida olib bo- rildi. U shogirdlari b-n birga ftorli birikmalar kimyosini chuqur o’rgandi, na- tijada qator elementlarni aniqlashning og’irlik, hajmiy va amperometrik usullari ishlab chiqildi. Bu ishlar «bo’ysunmagan element» bo’lgan ftorning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishini yo’lga qo’yishda muhim omillardan bo’ldi. Anorganiq moddalarning lyuminessent tahlili bo’yicha R. Jiyanboeva olib bor- gan ishlar o’z vaqtida butifosning zarar- li xossalarini aniqlashda rol o’ynadi. K. fanining shon-shuhratini jahon miqyosiga olib chiqishda akad. S. Yunu- sovning alkaloidlar kimyosini rivoj-lantirishga oid ishlari muhim hissa bo’lib qo’shildi. 4000 dan ortiq o’simlik alkaloidlari tadqiq qilinib, ulardan 600 dan ziyod muhim alkaloidlar ajratib olindi, ularning tarkibiy qismlari, tuzilishi va xossalari chuqur o’rganildi. 50 dan ortig’i tibbiyotga joriy etildi, olingan oqsillar q.x. va oziq-ovqat sano- ati uchun taklif etildi. Vilt kasalli- giga qarshi qo’llaniladigan preparatlar kashf qilindi. Prof. F. Qo’chqorov va uning shogirdlari tomonidan atsetilen kimyosi rivojlantirildi. Akad. I. P. Sukervaniq, A. Abdurasuleva va b. al- killash reaktsiyalarini o’rganib, fan rivojiga hissa qo’shdilar. Dekarbonil- lash bo’yicha yo. Aliev tadqiqotlari u rahbarlik qilgan kimyo in-tida karbok- sillash reaktsiyalarini o’rganishda qo’l keldi. Organiq kataliz neftni kayta ish- lash in-ti (hoz. A. Sultonov nomida- gi kataliz in-ti)da rivoj topdi. In- tda ko’pgina yangi katalizatorlar kashf qilindi, aromatik uglevodorodlar kimyo- si, q.x. va ipakchilikning rivojlanishi uchun amaliy ishlar olib borildi. Akad. O. Sodiqov tomonidan bioorganiq kimyo faniga asos solindi. Olim tashkil etgan bioorganiq kimyo in-tida (1973 y.) o’simliklarning ikki- lamchi metaboliti, tibbiyot va q.x. uchun zarur preparatlarni olish usullari, hayvonlar va o’simliklardagi oqsil ta- biatli zaharlarning ta’sir mexanizmi o’rganildi. Ilon, chayon va b. zaharining sun’iy analoglari olindi, taqribiy qismlari hamda xossalari tadqiq qilindi. N-oksidlar, anabazin, Dipi- ridil, paxikarpin, morfin, tsitazin va b. kimyosi chuqur o’rganildi. Stereokimyo, konformasion analiz, tabiiy birikma- larning elektron tuzilishi va reaktsiya- ga bo’lgan xususiyatlari tadqiq qilindi. Gossipol kimyosi o’rganildi, g’o’zapoyadan turli mahsulotlar olish kimyosi va texnologiyasi ishlab chiqildi, viltga qarshi ishlatiladigan preparatlar kashf qilindi. Akad. A. Abduvahobov sintez qilgan feromonlar paxtachilik rivoji- ga muhim hissa qo’shdi. Akad. Sh. Solihov rahbarligida olib borilayotgan i.t.lar, tibbiyot, q.x., farmasevtika va biokimyo ehtiyojlarini qondirishga qaratildi. Fizik K. 20-y. lar oxirlarida D. Alek- seevning portlash jarayonlari kinetika- sini o’rganish b-n boshlandi. Keyinroq N. A. Kolosovskiy. M. I. Usanovich va V. V. Udovenkolarning termodinamika hamda fizik-kimyoviy tahlil masalala- rini bajarish b-n davom ettirildi. Po- limerlarning fizik-kimyoviy xossala- rini tekshirish (H. Usmonov), kimyoviy reaktsiyalar kinetika-sini o’rganish (H. Rustamov), elektr kimyoviy jarayonlarni tadqiq qilish (A. Murtazoev) ustidagi ishlar kengaytirildi. Olimlar suyuq eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash, rangli va Nodir elementlar hamda ular qotishmalarini elektr ki- myoviy usulda cho’ktirib ajratish, elektr kapillyar hodisalari o’lchamini bilitsh b-n shug’ullandilar. Kislota-asos kata- lizatorlari ishtirokida o’tadigan qator reaktsiyalarning kinetik qonuniyatlari va mexanizmi o’rganildi, ionitlardan foydalanish ishlari olib borildi. Ko’p atomli spirtlardan erituvchi sifatida foydalangan holda ko’pgina reaktsiyalar kinetikasi va mexanizmi ravonlanti- rildi. Fizik K. b-n chambarmas bog’liq bo’lgan kolloid K. ustidagi tadqiqotlar B. G. Zapromyotov (30-y.lar), urush dav- ridan boshlab esa akad. K. Ahmedov boshchiligida olib borildi. O’sha dav- rlarda giltuproq, tabiiy mineral bo’yoqlar, loyqa suvlar va sh.k. boshqa dis- Pers sistemalar; gidrolizlar, kolloid cho’kmalar hisoblangan koagulyantlar, koagel, kserogellar o’rganildi. 50-y.lar- dan boshlab esa polimerlar fizik kimyo- si va termokimyosiga oid tabiiy gazlar hamda gaz kondensatlaridan sirt-faol moddalar olish, suvda eruvchan yuqori molekulali birikmalar sintez qilish, ularning xossalarini o’rganish ishlari amalga oshirildi. Liofob gidrozollar, liofill polimerlarning kolloid xossa- larini o’rganish, ularning tuzilishini boshqarish va zarur xususiyatlarni Sing- dirish, tabiiy mineral sorbentlardan amaliyotda foydalanishga doyr anchagi- na ishlar diqqatga sazovordir. K. Ax- medov o’z shogirdlari (E. Oripov va b.) b-n hamkorlikda «K-4», «K-9», «PAA-1» kabi preparatlarni kashf qilib sanoatga tadbiq etdi. Endilikda bunday preparat- lardan burg’ilashda, q.x.da, yo’l qurilishi va cho’llardagi uchuvchan qumlarni muqim holatga o’tkazish ishlarida foydalanila- Di. Mana shunday ishlar natijasi o’laroq cho’l zonalarida ekinzorlar barpo qilish, shaxar va qishloqlar qurish ishi oson- lashdi, sirt-faol moddalardan foyda- lanish turli sanoat korxonalari faoli- yatini jadallashtirishga, i.ch. hajmini oshirishga olib keldi. Yuqori molekula(polimer)li birik- malar kimyosi urushdan keyingi yillar- da rivojlandi. 1946 y.dan boshlab paxta tsellyulozasi va uning turli efirlari ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Yangi monomerlar sintez qilish, ularni polimerlash, tola cho’zish kabi ishlar yo’lga qo’yildi. H. Usmonov boshchiligida vinil mo- nomerlari u-nurlari ta’sirida qator polimerlarga payvandlandi, ularning xossalari tadqiq qilindi, olingan bi- rikmalarda fiziologik faollik bor- ligi aniqlandi. Bu ishlarning natija- lari olingan polimerlardan tibbiyotda foydalanishga yo’l ochdi. Vinilftorid va sh.k. boshqa ftorid monomerlarini polimerlab olingan yangi xossalarga ega bo’lgan yuqori molekulali birik- malar sintez qilindi. Olingan sun’- iy tolalardan kord, polinoz tolalar, fortizanlar, sun’iy ipak, yonmaydigan, chirimaydigan, oson bo’yaladigan hamda elektr tokini yaxshi o’tkazadigan po- limerlar olindi. Itakon kislotasi, uning qator hosilalari, ionitlar, po- lielektrolitlar va sh.k. moddalar akad. M. Asqarov tomonidan o’rganildi. Po- limerlarning stabillashuv jarayonlari chuqur tadqiq qilindi, sopolimerlar sintezining yangi usullari, ionlanuvchi polimerlar va sopolimerlar xususiyat- lari tadqiqotlari nihoyasiga etkazil- Di. Natijada qator stabilizatorlar, to’ldirgichlar, qotiruvchi moddalar va plyonkalar sanoatga tadbiq etildi. Ar- mirlangan plyonkalardan ipak qurti boqishda foydalanish katta samara ber- Di. Paxta va yog’och tsellyulozasi kimyosi akad. T. Mirkomilov tomonidan rivoj- lantirildi. Tsellyulozani modifika- tsiyalab, olingan mahsulotlarning nurga chidamliligini oshirish, o’tga chidam- li qilish, ezilib mijgilanmaydigan bo’lishini ta’minlash, mexaniq jihatdan pishiq, chirimaydigan, kirishmaydigan va sh. k. boshka ijobiy xossalarni o’zida mujassamlashtirgan mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib borildi. Respublikamizda kompozision ma- teriallar kimyosi akad. S. Ne’matov rahbardigida rivojlantirildi. Yangi xossalarga ega bo’lgan qoplama ma- teriallar, sirlar, kremniy organiq suyuqliklar keramik materiallar i.ch.ga tatbiq etildi. Bu materiallardan yo’l qurilishlarida, avtomobil, q.x. mashi- nalari, turli beton plitalari i.ch. va b. sohalarda keng foydalaniladi. Silikatlar K.si va texnologiyasi sohasida I. S. Kantsepolskiy tomoni- dan tabiiy kuygan tuproq (gliej)lar- ni portladsementga qo’shimcha sifatida qo’llash, tsement korrozisiyasi va o’nga qarshi kurash choralarini izlashga doir tadqiqotlar olib borildi. Fosfogip- Sning kaltsiy alyuminatlari b-n reaktsi- yalari o’rganildi, mahalliy xom ashyolar asosida sulfoalyuminatbelitli tsement olindi, kam energiya sarflab tsement olish texnologiyasi ishlab chiqildi (T. A. Otaqo’ziev). Ishqoriy-er metallari silikatlari va alyumosilikatlari hamda ularning galliy va germaniyli analo- glarining yuqori t-ralarda o’zaro biri- kishi, turli sharoitlarda bir-birida erish qonuniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Sanoat chiqindilari va ikkilamchi xom ashyolardan foydala- nib, xalq xo’jaligi uchun zarur shisha va keramik buyumlar tayyorlash texnologiya- lari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi (N. A. Sirojiddinov, A. P. Erkaxo’jaeva). S. S. Qosimova va uning shogirdlari tomonidan yangi tarkibli, rangli, bo’g’iq hamda maxsus optik shisha- lar olindi va i.ch.ga tavsiya etildi. Akad. S. Rashidova va uning shogird- lari tomonidan erkin radikallarni yutib, stabillash xususiyatiga ega bo’lgan funktsional guruqchalarni o’z ichiga ol- gan monomerlarning polimerlanish re- aktsiyalari o’rganildi. Chigitning unib chiqishini boshqaradigan ishda qo’l keladigan polimer qoplamalar kashf qilinib, q.x.ga tatbiq etildi. K. texnologiyasining jarayon va usku- nalari fani akad. 3. Salimoe va uning shogirdlari tomonidan o’rganildi. Chi- gitni quritish, undan yog’olishni in- tensifikasiyalash, ekstraktsiya, gazlar adsorbtsiyasi va sh.k. muhim jarayonlarni tadqiq qilishda yangi ma’lumotlar olin- Di. Bu ma’lumotlar asosida bir qancha korxonalar (Yangiyo’l, Uchqo’rg’on yog’z-Di) ishlari yaxshilandi. Respublikamizda K. fanining ri- vojlanishida O’zbekiston FA tarkibi- da hamda turli vazirliklar tarmoq in- tlari sifatida faoliyat ko’rsatib kelayot- gan i.t. va loyiha in-tlari xizmati ham salmoqlidir. Kimyo in-ti (hoz. Umumiy va noorganiq kimyo instituti), o’simlik moddalari kimyosi instituti, polimer- lar fizikasi va kimyosi instituti, kata- Liz instituti, O’zMU, ToshTU, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent to’qimachilik va engil sanoat inti va b. oliy o’quv yurtlari kimyo lab.larida olib borilayotgan i.t. ishlari mamlakatimizda K. fanini yuqori pog’onalarga ko’tarishda muhim omillardan bo’ldi. Ad.: Axmerov K,., O’zbekiston kimyo- garlarining muvaffaqiyatlari, T., 1987. Qudrat Axmerov.