Kimyoviy chidamli beton
Kimyoviy chidamli beton – kimyoviy jihatdan chidamli bog’lovchilar, to’ldirgich va to’ldiruvchilar asosida tayyorlanadigan maxsus beton turi. Kimyoviy chidamli beton olishda sintetik smolalar va polimer qo’shimchali suyuq natriy yoki kaliy shishadan bog’lovchi sifatida foydalaniladi (polimer silikatli betonlar). Kimyoviy chidamli betonlar kimyoviybardoshligi, bog’lovchi va to’ldiruvchilar turi bo’yicha tasniflanadi.