Kimyoviy muvozanat

Kimyoviy muvozanat — to’g’ri va teskari reaktsiyalar tezligi tenglashgan holat. Mac, N2+3H2 p±2NH3 reaktsiyasi- da azotning vodorod b-n birikish (to’g’ri reaktsiya) tezligi ammiakning azot va vo- dorodga parchalanish (teskari reaktsiya) tezligiga teng. K.m. sodir bo’lganda re- aktsiya go’yoki to’xtab qolgandek ko’rinadi, aslida ikkala reaktsiya ham davom etadi, biroq bu reaktsiyalarning biri ikkin- chisining natijasini yo’qqa chiqaradi. Mohiyatiga ko’ra, K.m. dinamik muvoza- natdir. O’zgarmas muhit (kislotali yoki asosli) va sharoitda (t-ra, bosim) reak- tsiyaga kirishayotgan moddalar kontsentra- tsiyasining o’zgarmasligi K.m.ning muhim belgisidir. K.m.ni o’rganish nazariy tadqiqotlar va turli amaliy masalalar- ni hal qilishda katta ahamiyatga ega.