Kindik, kindik tizimchasi
Kindik, kindik tizimchasi — odam va plasentali sut emizuvchi hayvonlarda homilani ona organizmi b-n bog’lab tura- digan (plasenta orqali) tizimchasimon anatomik tuzilma, a’zo; tarkibida qon tomirlar, allotois yo’li va h.k. bo’ladi. K. orqali homila — plasenta qon ay- lanishi ro’y beradi. Asosan, dirildoq to’qimadan tuzilgan, undan ikki Arte — riya va bitta vena o’tadi. Bola tug’ilgach, K. halqasi yaqinidan bog’lab turib qirqiladi, uning qoldig’i esa tez qurib, bola 5-7 kunligidayoq tushib ketadi. Tozalikka rioya qilinmasa, K. orqali infektsiya kirib, yara, kindik sepsisi va b. kasalliklar ro’y berishi mumkin. K. tezda bitmasa yoki chandig’i noto’g’ri shak- llansa, vrach ga murojaat qilish kerak.