KINOKONTSERT

KINOKONTSERT (kino… va kontsert)— alohida kontsert nomerlaridan iborat film; kinematografiya turi. Ovozli kinoning dastlabki yillarida yuzaga keldi. G’arb mamlakatlarida filmrevyular mashhur. Taniqli san’atkorlar ijodi bilan eng uzoq, chekka shaharlar aholisini tanishtirish, mashhur ijrochilar ijodini abadiylashtirish, yoshlarni estetik ruhda tarbiyalashda Kinokontsertning muhim ahamiyati bor. Kinokontsert barcha kinostudiyalarda muntazam ravishda ishlab chiqariladi. O’zbekistonda «Frontdagi do’stlarga», «besh respublika kontserti», «Shashmaqom» hamda alohida xonanda va raqqosalar ijodiga bag’ishlangan ko’plab Kinokontsertlar ishlangan.