Kinostudiya

Kinostudiya (kino… va ital. studio — o’rganish) — kinofilmlar ishlab chiqaruvchi korxona. K. badiiy-ijodiy va texnik i.ch. jarayonlarini birlashtira- Di. Qanday film chiqarishiga qarab ba- diiy, hujjatli-xronikal, ilmiy-omma- bop, o’quv K.si, multiplikasiey fil- mlar K.siga ajraladi. K.ning tashkiliy to’zilishi ishlab chiqariladigan fil- mlarga, i.ch. hajmiga, texnik jihozlarga bog’liq. Film i.ch. 4 bosqichdan iborat: 1) stsenariy tayyorlash; 2) suratga olish uchun tayyorgarlik (suratga olish joyi- ni, aktyorlarni tanlash, deqorasiya, kiy- im tayyorlash, kinoproba va repetisiya o’tkazish, film i.ch. rejasini to’zish); 3) suratga olish. Bu eng mas’uliyatli va sermehnat bosqich bo’lib, K. pavilonida va tabiat quchog’ida amalga oshiriladi; 4) filmni montaj qilish, o’nga ovoz be- rish, musiqa yozish va qayta ovoz berish. Suratga oluvchi guruh asosiy ijodiy bo’g’in bo’lib, film yaratish davrida bar- cha ijodiy va b. xodimlarni o’z atrofida uyushtiradi. Suratga olishda badiiy- ijodiy guruh faoliyatiga film direk- tori rahbarlik qiladi. O’zbekistonda «O’zbekfilm», «O’zbekiston hujjatli va ilmiy-om- maviy filmlar kinostudiyasi», «do- stonfilm», «yog’du», «imon», «inson», «Samarqandfilm», «Shod», «Yulduz» va boshqa K.lar, «Nashtar» hajviy ki- nojurnali, shuningdek, O’zteleradio qoshida «O’zbektelefilm» faoliyat ko’rsatmokda.