Kinoterapiya yoxud nima uchun film ko’rish foydali?

Dunyo tajribasida kinoni tibbiyot sohasining muhim davolovchi vositalaridan deb bilishadi. Soha tilida bu – kinoterapiya nomini olgan.

Kinoterapiya – bu turkum filmlarni tomosha qilish va ularni muhokama etish orqali ruhiyatdagi muammolarga yechim topish usulidir. Kinoterapiya kishilarga o’zi va atrofdagilarni yaxshiroq anglashga, shaxsiy hayotni to’g’ri izga solishga yordam beradi.

Ushbu metodga londonlik psixoterapevt Berni Vuder tomonidan asos solingan. U olib borgan kinotreninglarda filmlar tahlilining turli metodlaridan foydalaniladi: syujetni tushuntirish, metaforaga sho’ng’ish, timsollar bilan ishlash va ularni rasshifrovkalash va h.k.

Doktor Vuder turli hissiy holatlardagi muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi filmlarni tavsiya qiladi:

Iroda kuchi yetishmaganda:

«Temir iroda»
«Rokki»
«Lourens Araviyskiy»

G’am-qayg’u, yaqin insondan ayrilish holatida:

«Ruh»
«Katta umidlar»

O’ziga ishonchsizlikda:

«Shirli Valentayn»
«Myuriel to’yi»

Zerikishda:

«Ritaning tarbiyasi»

Munosabatlardagi ziddiyatda:

«Tong arafasida»
«Quyosh botishi oldidan»