Kinshasa

Kinshasa (1966 y.gacha Leopol- dvil) — Kongo demokratik Respubli- kasining poytaxti. Kongo daryosining so’l sohili buylab 15 km ga cho’zilgan. K. — provintsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida ma’muriy birlik. Aholisi 4,8 mln. kishi (1998). Iqlimi subekvatorial iqlim. Iyulning o’rtacha t-rasi 22°, apr. niki 27°. Yillik yog’in 1359 mm. Shahar 1881 y.dan qurila boshlagan va Belgiya qiroli Leopold II nomi- ga qo’yilgan. 1926-60 y.larda Belgiya mustamlakasining ma’muriy markazi. 1960 y. dan Kongo Respublikasi (1964 y.dan Kongo demokratik Respublikasi), 1971-97 y.lar Zair Respublikasi poy- taxti. K. — mamlakatning asosiy savdo- transport, sanoat, moliya va madaniyat markazi. Avtomobil yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mam- lakat tashqi savdosining ko’p qismi K. orqali o’tadi. K. portida yillik yuk ortib-tushirish 2 mln. t atrofida. T. y. orqali Kongo daryosi quyi qismidagi Matadi dengiz porti b-n bog’langan. K.dan Brazzavil sh.ga parom qatnaydi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, tikuvchilik, ko’n poyabzal, kimyo, mashinasozlik, yog’ochsozlik, kemasozlik sanoati, kema re- Monti, elektr priborlari i.ch., qurilish materiallari korxonalari, oyna va shisha idishlar z-Di bor. Maluku r-nida yirik metallurgiya kompleksi qurilgan. Milliy un-t, in-tlar, nafis san’at mil- liy akademiyasi, geogr. ilmiy tadqiqot in-ti, geol. xizmati ilmiy muassasasi, Tropik tibbiyot in-ti (1899), Afrika san’ati muzeyi, hayvonot bog’i va b. bor. KIO — ko’zboyloqchi (illyuziyachi) tsirk artistlari oilasi. Emil Teodo- rovich (asl Fam. Girshfeld — Renard) [1894.30.3 (11.4), Moskva — 1965. 19.12, Kiev; Moskvada dafn etilgan] — Rossiya xalq artisti (1958). Ko’zboyloqchilik tomoshalarining yaratuvchisi, tsirk appa- raturalari (asboblari)ning konstruk- tori. Uning o’g’illari: Emil Emilovich (1938.12.7) — Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist (1972). Tsirkda 1961 y.dan otasi b-n, 1966 y.dan mustaqil ishlaydi. Igor Emilovich (1944.13.3) — Rossiyada xiz- mat ko’rsatgan artist (1980). Tsirkda 1956 y.dan otasi b-n, 1966 y.dan mustaqil ish- laydi. 1977 y.da Oskar mukofotini ol- gan.