KIOTO UNIVERSITETI
KIOTO UNIVERSITETI — Yaponi yadagi yetakchi va qadimgi milliy universitetlardan biri. 1897 yil Yaponiya Imperatori farmoniga muvofiq, fizika-matematika va muhandislik kolleji sifatida tashkil etilgan. Filologiya, pedagogika, huquq, iqtisod, tabiiy fanlar, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo’jalik, muhandislik bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 16 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.