Kipr

Kipr (grekcha Kypros, turkcha Kibris), Kipr Respublikasi (grekcha — Kypriaki Dimokratia, turkcha — Kibris Gumhuriyeti) — G’arbiy Osiyoda, O’rta dengizning Sharqiy qismidagi Kipr o.da joylashgan davlat. Mayd. 9251 km2. Aholisi 762,8 ming kishi (2001). Poytaxti — Nikosiya sh. Ma’muriy jihatdan 6 okrug (district) ra bo’linadi. Davlat to’zumi. K. — Respubli- ka. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlikka kiradi. Amaldagi kon- stitusiyasi 1960 y.da qabul qilingan va keyinchalik to’zatish xamda qo’shimchalar kiritilgan. Davlat boshlig’i president (1993 y.dan Glafkos Kliridis). Prezi- dent kiprlik grek jamoasi, vise-Pre- zident kiprlik turk jamoasi tomonidan to’g’ri saylov yo’li b-n 5 y.ga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Vakillar Pa- latasi (grek va turk jamoalari vakilla- ridan iborat bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va VI- Tse-prezident boshkaradi hamda hukumat (Vazirlar Kengashi)ni tayinlaydi. Pre- zident hukumatga boshchilik qiladi. Tabiati. Qir va tog’ko’p, sharqi pasttekislik. Shim. qirgoklari tik va serqoya. Shim. sohili bo’ylab Kireniya (1023 m gacha) va Karpas tizmalari (364 m gacha) joylashgan. K. hududining marka- ziy va Jan. qismida Troodos tog’massivi bor (eng baland joyi 1951 m). Shim. Va Jan.dagi tizmalarni keng Mesaoriya te- kisligi (bal. 200 m gacha) ajratib turadi. Qazilma boyliklardan xromit, temir va mis rudalari, asbest va b. bor. Iqlimi subtropik O’rta dengiz iqlimi. Yozi issiq (25-35°), qishi yumshoq (10-15°), seryog’in. Yillik yog’in tekislikda 300— 500 mm, tog’larda 1000-1300 mm. Tog’ etaklari va tekisliklarda doim yashil butazorlar, Kireniya va Karpas tizmala- rining ohaktoshli Jan. yon bag’irlarida dasht o’simliklari o’sadi. K. hududining 18% o’rmon: dub, sarv, Halab qarag’ayi, tog’vodiylarida yulg’un, sambit o’sadi. Ilon, to’ng’iz, kaltakesak, buqalamun, kalxat, burgut va b. bor. Aholisining 78% kiprlik greklar, 18% kiprlik turklar. Inglizlar, ara- blar, armanlar, italyanlar ham yashaydi. Grek va turk tillari — rasmiy. GRE- klar pravoslav, turklar Islom diniga e’tiqod qiladi. Shahar aholisi 68%. Tarixi. K. hududida odam neolit dav- ridan yashaydi. Mil. AV. 15-11-a.larda K.ni axeylar, 9-a.da finikiylar, 8-a. oxirida ossuriylar, 6-a.da axomaniy- lar bosib oldi, 333-323 y.larda ma- kedoniyalik Aleksandr, 294-58 y.larda Ptolemeylar davlati, 58 y.dan Rim im- periyasi qo’l ostida bo’ldi. Rim imperi- yasi qulagach (mil. 395 y.), K. Vizantiya tarkibiga o’tdi. 648 y. Orolni arablar, 1191 y. salibchilar eg’alladi. 1489-1571 y.larda Venesiya, 1571 y.dan Usmonli turk davlatiga karam bo’ldi. 19-a.da kiprlik greklarning K.ni GRE- tsiyaga qo’shish harakati paydo bo’ldi. 1878 y. K.ni Buyuk Britaniya bosib oldi. 1925 y. K. Angliya mustamlakasi maqomini oldi. 1931 y. ingliz hukmronligiga qarshi stixiyali qo’zg’olon boshlandi, Le- kin uni mustamlakachilar shafqatsizlik b-n bostirdi. 2-jahon urushi yillari (1939-45) 20 mingdan ortiq kiprlik ingliz qo’shinlari safida Germaniyaga qarshi urushda qatnashdi. Urushdan keyin K.da milliy ozodlik harakati avj ol- gach, Buyuk Britaniya yon berishga majbur bo’ldi. 1960 y. 16 avg.da K. mustaqil re- spublika deb e’lon qilindi. Makarios III prezident, F. Kichik vise-prezident etib saylandi. K.dagi grek va turk jamoalari o’rtasidagi kelishuvga ko’ra, mamla- kat Prezidenta kiprlik greklardan va vise-prezidenti kiprlik turklardan saylanar edi. Biroq 1963 y.da kiprlik greklar b-n kiprlik turklar o’rtasidagi munosabat keskinlashib, natijada ik- kala jamoaning birgalikdagi faoliyati to’xtadi. 1965 y.da grek jamoa palatasi bekor qilindi. 1967 y. dek.da kiprlik turklar «muvaqqat turk ma’muriyati»ni to’zdilar. 1983 y.da «shim. K. turk re- spublikasi» e’lon qilindi, ammo shim. K. turk Respublikasi K. Respublikasi hukumati tomonidan tan olinmagan. 1964 y. martdan buyon bu erda BMT qo’shinlari turibdi. Xalqaro hamjamiyat vositachi- ligida K. muammosini bartaraf etish yuzasidan jamoalar o’rtasida mo’zoqa- ralar o’tkazilyapti. K. 1960 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplomatiya munosa- batlarini 2001 y.da o’rnatgan. Milliy bayrami — 1 okt. — Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Demokratik partiya (shu nomdagi greklar partiyasi 1976 y.da, turklar partiyasi 1992 y. da tuzilgan); demokra- tik yig’in, 1976 y.da asos solingan; so- tsial-demokratlar harakati, 2000 y.da Yagona markaz demokratik Ittifoqi aso- sida tuzilgan; Liberal partiya, 1986 y.da barpo etilgan; Birlashgan demokratlar, 1996 y.da tuzilgan; Milliy birlik par- tiyasi, 1975 y.da turk jamoasi asos sol — gan; ijtimoiy ozodlik partiyasi, 1976 y.da turk jamoasi to’zgan; K. mehnatkash xalq ilg’or partiyasi (Akel), 1926 y.dan 1941 y.gacha faoliyat ko’rsatgan K. kommu- nistik partiyasining vorisi sifatida 1941 y.da tuzilgan; respublikachi turk partiyasi, 1970 y.da asos solingan. Ka- saba uyushma birlashmalari: Umumkipr mehnat federasiyasi, 1946 y.da tuzilgan; K. mehnatkashlar konfederasiyasi, 1944 y. da tuzilgan; K. turk kasaba uyushma Fe- derasiyasi (Turksen), 1954 y.da asos so- lingan; K. inqilobiy kasaba uyushmalari federasiyasi (devish), 1976 y.da tuzil- gan. Xo’jaligi. K. — agrar-industrial mamlakat. Iqtisodiyotda xizmat ko’rsatish sohasining salmog’i katta. Yalpi ichki mahsulotda bu sohaning ulushi 47%, q. x. ulushi 8%, sanoatning ulushi 20%. Mamlakat maydonining 65% ishlanadi, shundan 12% sug’oriladi. Asosiy ekinla- ri — bug’doy, arpa, suli, kartoshka, DUK- kakli va poliz ekinlari. O’zum, bodom, yong’oq, tsitrus, zaytun, paxta, tamaki, sab- zavot ham etishtiriladi. Tog’larda qo’y, echki, cho’chqa, qoramol boqiladi. Pilla- chilik rivojlangan, sohillarda baliq, suv jonivorlari ovlanadi. Mahalliy ma’dan zahiralari asosida konchilik sa- noati mavjud. Asosan, eksport uchun mis, temir, xrom rudalari, marmar, asbest, gips qazib olinadi. Ishlab chiqaruvchi sanoat kichik-kichik to’qimachilik, ti- kuvchilik, ko’n-poyabzal, vinochilik, yog’, tamaki, konserva va b. korxonalar- dan iborat. Tsement ishlab chiqariladi. Larnaka sh.da chetdan keltirilgan neft asosida ishlovchi neft mahsulotlari z-Di bor. 1 y.da o’rtacha 2,1 mlrd. kVt- soat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (temirchilik, kulolchi- lik) rivojlangan. Chet el sayyohligi tez sur’atda ri- vojlanib, xorijiy valyuta tushumining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. K.da ishlab turgan 17 mingdan ko’proq offshor kompaniya yiliga o’rtacha 200 mln. dollar daromad keltiradi. Asosiy transport turi — avtomobil. Avtomo- bil yo’llari o’z. — 10,2 ming km dan ortiq, shundan 4,2 ming km ga yaqini as- faltlangan. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy dengiz portlari — Famagusta, Limasol. Xalqaro aeroportlari — ni- kosiya, Larnakada. Chetga, asosan, ma’- danli xom ashyo, tsitrus mevalar, o’zum mahsulotlari, kartoshka, tayyor kiyim va b. chiqaradi, chetdan mashina va asbob- uskuna, oziq-ovqat, kimyoviy moddalar, neft mahsulotlari oladi. Savdo-sotik- dagi mijozlari: Evropa Ittifoqi dav- latlari va Arab mamlakatlari. Pul bir- ligi — Kipr funti. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. Mamlakatda grekcha va turkcha ta’lim tizimlari mavjud. Grekcha tizim: 6-14 yoshdagi bolalar uchun ta’- lim majburiy, bepul. Boshlang’ich MAK- tabda o’qish muddati 6 y., o’rta maktabda ham 6 y. Oliy ta’lim chet elda, asosan, Gresiyada olinadi. Bir qancha o’quv yurt- lari — ped. akademiyasi, texnika in-ti, o’rmon-texnika inti va b. to’liq oliy ma’lumot bermaydi. Turkcha tizim: 6-15 yoshdagi bolalar uchun ta’lim majburiy, bepul, boshlang’ich maktabda o’qish mudda- ti 6 y., o’rta maktabda ham 6 y. Ped. kol- leji bor. Nikosiyada K. ilmiy tadqiqot markazi (1967 y.dan), K.ni o’rganish ja- miyati (1936 y.dan), K. geogr. Jamiyati (1968 y.dan) va b. ishlaydi. Nikosiyada Faneromeni ommaviy kutubxonasi, ma- Orif vazirligining kutubxonasi, FA- magusta sh.da ommaviy kutubxona, shu- ningdek, K. muzeyi, Tarix muzeyi, Xalq san’ati va lapidariy muzeyi, Larnaka, Limasol, Famagusta sh.larida muzeylar bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. K.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: «Agon» («Ko’rash», grektilidagi kundalik gaz., 1964 y.dan), «Alitiya» («haqiqat», grek tilidagi kundalik gaz., 1951 y.dan), «Birlik» (turk tilidagi kundalik gaz., 1980 y.dan), «Filelefteros» («Libe- ral», grek tilidagi kundalik gaz., 1956 y.dan), «xalqin sesi» («Xalq ovo-zi», turk tilidagi kundalik gaz., 1941 y.dan), «Xaravgi» («tong», grek tilidagi kundalik gaz., 1956 y.dan), «neos Dimo- kratis» («yangi demokrat», grek tilida- gi jur.). K. axborot agentligi 1976 y.da tashkil etilgan. K. radioeshittirish kor- porasiyasi hukumat radio va televidenie tijorat xizmati bo’lib, 1953 y. tashkil etilgan. Radioeshittirish 1953 y.dan, teleko’rsatuv 1957 y.dan olib boriladi. Adabiyoti grek va turk tillarida. Grek tilidagi K. adabiyoti grek ada- biyoti b-n o’zviy bog’liq holda taraqqiy etgan. Stasinning «Kipr dostonlari» (mil.AV. 6-ming yillik), Afroditani sha- raflovchi «Gomer madhiyalari» K. adabiyo- tining ilk namunalaridir. 8-10-a.lar- da shakllangan K. shevasidagi «Digenis Akrit» eposi (12-13-a.lar), «ishqiy lirika» (14— 15-a.lar) va b. folklore asarlari yozib olingan. Yozma adabiyot 19- a. oxiri — 20-a. boshlaridan rivojlana boshladi. V. Mixailidis she’rlarida xalqning ingliz mustamlakachilariga qarshi ko’rashi aks etdi. 20-a. boshlarida yozuvchilar N. va M. Nikoladislar, shoir- lardan T. Pieridis, T. Antias va b.ning asarlarida o’tkir ijtimoiy muammolar aks etdi. 1960 y.da mustaqillikka eri- shilgach, K. yozuvchilari yosh davlatning eng dolzarb muammolarini yoritdi. 1968 y.dan keyin yozuvchi y. Filippu-Pieri- dis va shoir A. Piliotis adabiyotda etak- chi rol o’ynadi. P. Lyasidis K. shevasida xalq she’riyati an’analarini davom et- tirdi. Turk tilidagi K. adabiyotida, aso- san, she’riyat rivojlandi. Kenzi va Su- kuti Ismoil og’a, Hasan xilmi Afandi, Myuftyu Roji va b. 19-a.ning taniqli shoirlaridir. Nozif Sulay- mon Ebe o’g’li, Urkie Mine, Mahmud Levent va b. taraqqiyparvar yozuvchilar hisoblanadi. Dramaturgiya F. Korkut, Yu. Ulutug va b. ijodida rivojlandi. Me’morligi va tasviriy san’ati. K.ni mo’zey Orol deb ataydilar. Hoz. K. hududida ilk neolit (Xirokitiya manzilgohidagi doirasimon turar joy- lar) va jez (turli rasmlar solingan sopol idishlar, tosh butlar, jez buyum- lar va h.k.) davrlariga oid yodgorliklar topilgan. Mil. AV. 3-ming yillikning 2-yarmidan idishlarni odam, hayvon, o’simliklar surati va b. b-n bezashda oq, qizil, qora ranglardan foydalanila boshlandi. So’nggi jez davridan (mil.AV. 1400-1050 y.) shaharlarning qoldiqlari, go’zal rasmlar solingan keng og’izli ko’zalar, zargarlik buyumlari, fil Su- yagiga ishlangan bo’rtma naqshlar va b. saqlangan. Mil. AV. 4-a. — mil. 4-a.lar- da me’morlik va tasviriy san’at mumtoz yunon va ellin san’ati, keyinchalik Rim san’ati ta’sirida rivojlandi. Qushlar, Nilufar guli tasvirlangan idishlar shu davrga mansub. 13-15-a. cherkovlari go- tika uslubida qurildi. 1960-y.lardan me’morlik, rassomlik, grafika tez ri- vojlana boshladi. Xalq san’atida yog’och o’ymakorligi, kulollik, kandakorlik (ku- mushdan zarb qilish), to’r to’qish va kash- tachilik rivojlangan. Musiqasi qad. Vizantiya imperiya- si chegaralarini himoya qilgan jangchi- lar haqidagi qo’shiqlar, frantsuz, turk va ingliz hukmronligi davrida paydo bo’lgan, ozodlikni madh etuvchi lirik qo’shiklar hanuzgacha saqlangan. K.da grek va turk qo’shiqlari, cholg’u asboblari keng tarqalgan. 20-a. boshlarida professional musiqa madaniyati paydo bo’la boshladi. Solomon va Yangos Mixailidislar K.da dastlabki va mashhur kompozitorlardir. S. Mixailidis Limasolda konservato- riyaga (1934), K.da birinchi sim-fonik orkestrga (1938) va Nikosiyada kontsert jamiyatiga asos soldi. U sim-fonik, kamer asarlar yaratdi. Ya. Mixailidis ko’plab ommaviy qo’shiqlar, simfonik asarlar va b. yaratgan. Zamonaviy kompo- zitorlardan A. Limburidis, G. Kosonis, S. Violaris, K. Kosteaslarni ko’rsatish mumkin. K.da 4 konservatoriya, bir qancha shaharlarda musiqa bilim yurtlari, havaskor xor jamoalari, ashula va raqs ansambllari bor.