KIRENAIKA
KIRENAIKA, Barka — Liviyaning shimoli-sharqidagi plato. O’rta dengiz sohillari tomon tik tushgan. Eng baland joyi 876 metr. Oxaktoshlardan iborat. Karst keng tarqalgan. Iqlimi O’rta dengizga xos, nisbatan quruq iqlim, Yiliga o’rtacha 450 millimetr yog’in yog’adi. Shimoliy yon bag’irlari doim yashil chakalakzor va dafna, dub, Halab qarag’ayi o’rmonlari bilan qoplangan, landshafti chala cho’lga xos.